298 18.10.2024
Shaxnoza JOLDASOVA:
– "Milliy tiklanish" demokartik partiyasi yoshlarning milliy qadriyatlarimizga mustahkam tayangan holda zamon bilan hamnafas rivojlanishi tarafdori
Ekopartiya spikeri savoli:
Partiya Saylovoldi dasturida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilimini baholash tizimini isloh qilish taklifi ilgari surilgan. Bu tizim nima uchun kerak, qanday ishlaydi va nimaga xizmat qiladi? Yosh bolani baholash o‘zi to‘g‘rimi?
Shahnoza JOLDASOVA:
– Savolingizni ichida javob ham tayyor aslida. Partiyamiz bolalarni amaldagi “5”, “4” tizimida baholashdan voz kechish tarafdori. Aslida o‘quvchining darsda qanday muvaffaqiyatga erishganini baholashdan ko‘ra, uning rivojlanishini kuzatish muhim.
Aksariyat davlatlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini baholash tizimi yo‘q. Xususan, Singapur va Finlyandiyada o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini tizimli tahlil qilish orqali o‘rganish jarayonini yaxshilashga eʼtibor qaratilgan. Yaponiyada esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari umuman baholanmaydi.
“Milliy tiklanish” partiyasi sifatli taʼlim va tarbiyaning uzviyligi va uyg‘unligi haqida qayg‘uradigan va bu sohada qadriyatlarga tayanadigan taraqqiyot uchun taklif va tashabbuslarni ilgari suradigan yagona partiya.
Agarda Siz mamlakatimiz taraqqiyotining mustahkam qadriyatlarga asoslanishi, yoshlarning yorqin kelajagi, ularning sifatli taʼlim va tarbiya olishi haqida xuddi Biz kabi qayg‘ursangiz 27-oktyabr kuni faqat va faqat "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va uning nomzodlariga ovoz bering!