1588 29.09.2026
Davron ARIPOV:
Loyiha bilan amaliyotchi yurist sifatida tanishib, yetti o‘lchab, kesadigan jihatlari borligini ko‘rdim. Inson hayoti, taqdiri bilan bog‘liq bunday qonunlarni qabul qilishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.
Albatta, voyaga yetmaganlar nomusini poymol qilgan har qanday shaxs jazolanishi shart va bu boradagi qonunlarni qat’iylashtirishimiz lozim. Lekin qabul qilinayotgan qonunlarimiz ertaga adolatsiz hukmlar chiqib ketishiga sabab bo‘lmasligi kerak.