1582 29.09.2026
Shahnoza JOLDASOVA:
Bugun voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlarni oliy jazoga hukm qilish kerakligi haqida ko‘p gapirilyapti. Lekin O‘zbekistonda o‘lim jazosi bekor qilingan va bu borada xalqaro paktlarga qo‘shilganmiz.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham mamlakatimizda o‘lim jazosi taqiqlangan. Lekin bu bunday jinoyatchilarga nisbatan murasasozlik qilishimizga asos bo‘lmaydi. Pedofillarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.