Muallif huquqi bilan bog‘liq yangi o‘zgarish


1480     05.10.2026

So‘nggi yillarda intellektual mulk bilan bog‘liq islohotlar mualliflik huquqidagi ayrim normalarni o‘zgartirish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. Jumladan, fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan xizmat asarlariga oid mulkiy huquqlarning asar oshkor qilinganidan 10 yil o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda muallifga o‘tishiga oid tartib bekor qilinyapti.

Bu o‘zgarish xizmat asarini yaratish, yangi innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish, investitsiya kiritish va uzoq muddatli biznes loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.