Deputat aralashuvidan so‘ng...


1892     07.10.2026

Guliston shahrida bo‘lgan Sherzod Qulmatov ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. Xususan, 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bu borada amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Qonunchilik palatasi deputati bir oy oldin ushbu bog‘chada bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishgan va bir qator kamchiliklar, jumladan, ayrim xonalarning tomidan chakki o‘tayotganini aniqlab, muammoni tezroq hal etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma bergan edi.

Sherzod Qulmatovning ta’kidlashicha, barcha muammolar hal etilgan. Bog‘cha mavsumga tayyor.