1884 08.10.2026
Partiyaning Jizzax viloyat Kengashi tomonidan Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida "Ommaviy diktant" loyihasi o‘tkazildi. Jizzax politexnika institutida o‘tkazilgan tadbirdan maqsad yoshlar savodxonligini sinovdan o‘tkazish, yozma nutq madaniyatini keng targ‘ib qilishdan iboratdir.
“Ommaviy diktant” loyihasi nafaqat savodxonlik aksiyasi, balki ona tilimizning madaniy, ilmiy va ijtimoiy ahamiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi keng ko‘lamli harakatga ham aylandi.