Mahalla jamoatchilik va davlat o‘rtasida “ko‘prik”ka aylanishi lozim


186     21.10.2024

   Deputatlikka nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlari qizg‘in pallaga kirdi. Jumladan, Navbahor tumanidagi “O‘zbekiston”, “G‘ujbog‘tepa”, “Qalqonota”, “Halovattepa” va “Toshrabod” mahallalari aholisi bilan uchrashuvda Navoiy viloyat Kengashi raisi Ilhom Rajabov saylovchilarni partiya dasturi bilan tanishtirgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga ko‘rsatilgan nomzodlar Kozim Tojiyev hamda Abdukarim Saksonovlar o‘z dasturlarining muhim jihatlariga to‘xtaldi.

   – Partiyamiz uchun mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “ko‘prik”ka aylantirish masalasi muhim hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, dasturimizda mahalla raisi va aʼzolariga haq to‘lash tizimini qayta ko‘rib chiqish, ularning mustaqilligini taʼminlash, mahalla oqsoqoli vakolat muddatini besh yilga uzaytirish, ko‘pi bilan ikki marta saylanish tartibini joriy etish kabi takliflar ilgari surilmoqda, – dedi Kozim Tojiyev.

   Mahalla faollari ham so‘zga chiqib, ushbu takliflarni qo‘llab-quvvatladilar hamda saylovlarda “Milliy tiklanish” va uning nomzodlariga ovoz berishga ishonch bildirdi.