Nima uchun qonun loyihasi kech kiritilyapti


1532     12.10.2026

Yig‘ilishda sanoat xavfsizligini ta’minlashni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinib, bir ovozdan ma’qullandi. Chunki so‘nggi yillarda bu boradagi javobgarlik choralari kuchaytirilganiga qaramay, inson sog‘ligiga zarar yetkazish, hatto o‘limga sabab bo‘layotgan holatlar ko‘paygan.

Azamat Pardayev loyihaga munosabat bildirib, juda muhim qonun ekanini ta’kidladi. Lekin bu masala inson hayoti bilan bog‘liq masala ekanidan kelib chiqib, qonun loyihasi parlamentga juda kech kiritilayotganiga e’tiroz bildirdi.