O‘zbek tilini o‘zbeklardan himoya qilishimiz kerak


1944     13.10.2026

Qozoqboy Yo‘ldoshev:
Bugun ayrim o‘zbekcha so‘zlar o‘rniga boshqa tildagi so‘zlarni ko‘p ishlatayotganimiz sababi kitob o‘qimayotganimiz bilan bog‘liq. Kitob tilimizni sayqallaydi, boyitadi.
O‘zbek tilida "qo‘qim", "chiqindi" degan so‘zlar bor. Lekin biz "musor" deb ishlatamiz. Hozir barchamiz tushda "obed"ga chiqamiz. Ertalab "zavtrak", kechqurun "ujin" qilamiz. Hatto "optom"ni o‘zbekcha so‘z deganlar ko‘paydi. Demak, o‘zbek tilini avvalo o‘zbeklardan himoya qilishimiz kerak.