1911 13.10.2026
Qonunchilik palatasining yalpi majlisida harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinib, ma’qullandi.
Fraksiya a’zosi Kozim Tojiyevning qayd etishicha, qonun loyihasidagi muhim o‘zgarishlardan biri kitobxonlik bilan bog‘liq. Ya’ni, respublika darajasidagi kitobxonlik tanlovida yuqori natijalarga erishgan askarlarga xizmat vaqtini bir oyga qisqartirish taklif etilyapti.
Mazkur rag‘batlantirish harbiylarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, kitob o‘qigan odam vatanparvar, to‘g‘riso‘z bo‘ladi, xiyonat qilmaydi. Vatan xizmatchilari uchun esa bu xislatlar suv va havodek zarur.