2013 15.10.2026
Bahodir Karimov:
Bugun O‘zbek tili tom ma’noda Davlat tiliga aylanmayotgani sabablaridan biri ta’lim bilan bog‘liq. Yurtimizda oliy o‘quv yurtlari soni keskin ko‘paydi, bu yaxshi, albatta. Lekin ularning aksariyatida o‘zbek tili o‘qitilmayapti.
O‘zbek tili o‘zbekona tafakkur tili bo‘lishi uchun barcha ta’lim tashkilotlarida O‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitish majburiy fanlar qatoriga qat’iy kiritilishi shart.
Yangi tashkil etilgan Ta’lim va ilm-fan vazirligi ushbu masalaga alohida e’tibor qaratishi lozim. "Milliy tiklanish" bevosita qadriyatlar partiyasi sifatida ushbu masalani vazirlik kun tartibiga kiritishi kerak.