1966 15.10.2026
Bahodir KARIMOV:
O‘zbek tilining 37 yildan buyon qadrli bo‘lmayotganiga avvalo o‘zimiz sababchimiz. Birgina oddiy misol: doim 21-oktyabr arafasida Ona tilimiz bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazishga odatlanib qolganmiz. Hatto til bayramini hisobot uchun o‘tkazadigan bo‘lib qoldik.
Har qanday tadbirni hisobot uchun o‘tkazish mumkin. Lekin Ona tilimiz bilan bog‘liq tadbirlarda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ymasligimiz lozim.
Millatning milliy tiliga bo‘lgan e’tibor berilmagan kun bo‘lmasligi kerak.