Biz binolar qurishni, pul topishni o‘rgandik, lekin...


1701     15.10.2026

Bahodir KARIMOV:

Qanchalik ko‘p gapirmaylik, muammo sifatida ko‘tarmaylik, ko‘chalardagi yozuvlarni tartibga keltirishimiz qiyin kechmoqda. Bahaybat binolar, yemakxonalar, savdo va xizmat ko‘rsatish uylari qurishni va ular ortidan mo‘may pul topishni o‘rgandik. Lekin ularga o‘zbekona, o‘zbekcha nom topishni o‘rganmadik.

Bugun e’lon, peshlavhalarni Davlat tilida yozmasak, begona millatlar o‘qiy olmaydi, degan xavf yo‘q. Uning qo‘lida telefoni bor va u orqali kerak bo‘lsa, har qanday yozuvni o‘z ona tiliga o‘girib oladi.