212 18.10.2024
"Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomaga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishga sarflanishi to‘g‘risida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining
ORALIQ HISOBOTI
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2024-yil 20-sentyabrdagi №1378-sonli va №1380-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishga sarflanishi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma asosida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi targ‘ibot-tashviqot ishlarini o‘tkazilishi uchun “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 12 mlrd 141 million 150 ming so‘m mablag‘ moliyalashtirildi.
Ushbu mablag‘lar quyidagi saylovoldi targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish uchun sarflandi:
- Televideniye orqali tashviqot uchun - 443 million 660 ming so‘m;
- Telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot uchun – 657 million 141 ming so‘m;
- Bosma nashrlarda saylovoldi tashviqoti uchun – 650 million so‘m;
- Tashqi reklama orqali tashviqot, shu jumladan audiovizual materiallar, fonogrammalar, bannerlar va boshqalarni ishlab chiqarish uchun – 1 milliard 532 million 334 ming 200 so‘m;
- Bosma va boshqa ko‘rgazmali tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar, taqvimlar, nishonlar va boshqalar) ishlab chiqarish uchun – 4 milliard 955 million 856 ming 500 so‘m;
- Nomzodlarning, ularning ishonchli vakillarining, saylovoldi tashviqot guruhlari va boshqalarning xizmat safari xarajatlarini qoplash uchun – 1 milliard 050 million 857 ming 200 so‘m;
- Bank xizmati – 9 million 365 ming 500 so‘m;
Jami: 9 mlrd 299 million 214 ming 400 so‘m sarflandi.
2024-yil 18-oktyabr holatiga 2 mlrd 841 million 935 ming 600 so‘m qoldiq qolgan.