1751 22.10.2026
Har qanday xalqning milliy qiyofasi, tarixiy xotirasi va ma’naviy olami, eng avvalo, uning tilida namoyon böladi. Til millatning ötmişi va bugunini boğlaydigan, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazadigan, xalqning tafakkuri, dunyoqaraşi va orzu-intilişlarini ifoda etadigan bebaho ma’naviy boylikdir.
Bugun özbek tili davlat boşqaruvi, qonunçilik, ta’lim, ilm-fan, iqtisodiyot, madaniyat va xalqaro munosabatlar sohasida tobora keng qöllanmoqda. Uning davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlaş, zamonaviy taraqqiyot talablariga mos ravişda rivojlantiriş hamda xalqaro miqyosdagi nufuzini oşiriş borasida izçil islohotlar amalga oşirilmoqda.
1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinişi xalqimiz hayotidagi tarixiy voqea böldi. Bu qaror özbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini huquqiy jihatdan mustahkamlab, mamlakatimizning mustaqillik sari taşlagan muhim qadamlaridan biriga aylandi.
Konstitutsiyamizning 4-moddasida “Özbekiston Respublikasining davlat tili özbek tilidir”, deb belgilangan. Şu bilan birga, mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvçi barça millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analariga hurmat körsatilişi hamda ularning rivojlanişi uçun şaroit yaratilişi konstitutsiyaviy kafolatlangan. Bu tamoyil davlat tilining maqomini mustahkamlaş boşqa tillarga nisbatan hurmat va bağrikenglik bilan çambarças boğliqligini anglatadi.
2019-yil 21-oktabrda qabul qilingan Prezidentimiz Farmoni özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş borasidagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqdi. Uşbu hujjatda davlat tilini rivojlantiriş, uning ijtimoiy hayotdagi örnini mustahkamlaş, davlat tiliga oid qonunçilik talablariga rioya etilişini ta’minlaş, ilmiy asoslangan yangi söz va atamalarni iste’molga kiritiş hamda zamonaviy sohalarda til imkoniyatlaridan töliq foydalaniş kabi muhim yönalişlar belgilandi.
2020-yil 10-aprelda qabul qilingan “Özbek tili bayrami kunini belgilaş töğrisida”gi Qonun bilan 21-oktabr Özbek tili bayrami kuni sifatida qonuniy mustahkamlandi. Bu sana endilikda nafaqat tarixiy voqeani eslaş, balki davlat tilining bugungi holati, erişilgan natijalar va oldimizda turgan vazifalarni sarhisob qiliş imkoniyatidir.
Özbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltirişda Oliy Majlisning örni alohida ahamiyatga ega. Zero, parlament qonunlar qabul qiliş, amaldagi qonunçilikni takomillaştiriş, davlat organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oşiriş va jamiyatdagi dolzarb masalalarni muhokama maydoniga olib çiqiş orqali til siyosatining huquqiy hamda institutsional asoslarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Davlat tilining nufuzini yuksaltiriş haqida söz borganda, qonun ijodkorligi jarayonida atamalarning töğri, aniq va yagona şaklda qöllanişi masalasiga alohida e’tibor qaratiş lozim. Çunki zamonaviy davlat boşqaruvi va huquqiy munosabatlarning sifati, köp jihatdan, normativ-huquqiy hujjatlarda işlatiladigan tuşunçalarning aniqligiga boğliq. Ayniqsa, iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot, ekologiya, moliya va boşqa yönalişlarda köplab yangi tuşunça va atamalar paydo bölmoqda. Ularning ayrimlari çet tillaridan özlaşadi, boşqalari esa yangi hodisa va munosabatlarni ifodalaş uçun yaratiladi. Bunday şaroitda atamalarni özbek tilining qonuniyatlari, ilmiy asoslar va huquqiy mazmun talablariga muvofiq ravişda tanlaş, izohlaş hamda yagona me’yorda qöllaş dolzarb vazifaga aylanadi.
Şu ma’noda, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi faoliyati alohida ahamiyatga ega. Komissiyaning asosiy maqsadi qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning amaldagi qonunçilikda qabul qilingan ma’noga muvofiq, turliça talqin qiliş ehtimolini istisno etadigan tarzda yagona şaklda va töğri qöllanişini ta’minlaşdan iborat. Komissiyaning asosiy vazifalari bir neça yönalişni qamrab oladi.
Birinçidan, qonun loyihalarida adabiy til qoidalari va me’yorlariga rioya etilişini ta’minlaş. Qonun matni rasmiy uslubda yozilişi bilan birga, lönda, ravon va tuşunarli bölişi ham zarur. Ortiqça murakkab jumlalar, noaniq ifodalar, mazmuni anglaşilmaydigan iboralar huquqiy hujjatning amaliy samaradorligiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
Ikkinçidan, normativ-huquqiy atamalarning yagona şaklda va töğri qöllanişini ta’minlaş. Agar bir huquqiy tuşunça turli qonun loyihalarida turliça nomlansa yoki bir xil atama har xil mazmunda işlatilsa, qonunçilik tizimining yaxlitligiga putur yetişi mumkin. Şu bois atamalarni qöllaşda izçillik va huquqiy aniqlikni saqlaş alohida ahamiyatga ega.
Uçinçidan, bir xil ma’noni anglatuvçi söz va iboralarning qonun loyihalarida bir xil şaklda qöllanişiga erişiş. Bu nafaqat matnning sifatini yaxşilaydi, balki qonun hujjatlarini öqiş, şarhlaş va amaliyotda qöllaşni ham osonlaştiradi.
Prezidentimiz 21-oktyabr – Özbek tili bayrami kuni bilan Özbekiston xalqiga bayram tabrigida ta’kidlaganidek, dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri bölgan ona tilimiz olis ajdodlarimizdan bizga buyuk meros bölib kelayotgan öz tilimizdir.
Ona tiliga hurmat — milliy özligimizga hurmat, tariximizga ehtirom va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatimizdir. Şunday ekan, özbek tilini asraş, boyitiş va rivojlantirişni umumxalq işiga aylantiriş, uni davlat boşqaruvi, qonunçilik, ilm-fan, ta’lim va zamonaviy texnologiyalarning tölaqonli tiliga aylantiriş yölida birgalikda harakat qilişimiz zarur.
Jumanazar OTAJONOV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati