Bolalar tarbiyasi va himoyasiga butun jamiyat mas’ul


1653     22.10.2026

Prezident Şavkat Mirziyoyevning Samarqand şahrida ötayotgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl” butunjahon sammiti iştirokçilariga yöllagan tabrigida bolalarni har jihatdan himoya qiliş, ğamxörlik körsatiş, qöllab-quvvatlaş böyiça bejiz muhim taklif-taşabbuslar ilgari surilgani yöq. Darhaqiqat, bolaga ğamxörlik qiliş faqat uning kelajagini öylaş emas, balki bugun soğlom ösişi, sifatli ta’lim olişi, özini xavfsiz his qilişi va qobiliyatlarini namoyon etişi uçun şaroit yaratişdir.

Ta’kidlaş lozim, Yangi Özbekistonda bu tom ma’noda özining amaliy ifodasini topmoqda. Jumladan, keng qamrovli islohotlarimiz natijasida tuğruq jarayonida onalar ölimi, bolalarning ösişdan ortda qolişi ikki barobar qisqardi. Maktabgaça ta’lim qamrovi 27,7 foizdan 78 foizga oşirildi. 6 yoşli bolalarning qariyb 100 foizi maktabga tayyorlovga jalb etildi. Bolalar kambağalligi qariyb tört baravar qisqardi. Inklyuziv maktablar soni esa beş barobar oşdi. Bu natijalar bolalar hayotini yaxşilaşga qaratilgan işlar izçil davom etayotganini körsatadi.

Sammitda kötarilgan masalalar orasida bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş, oğir kasalliklarni erta aniqlaş va davolaş, nogironligi bölgan bolalar uçun teng şaroit yaratiş, internetdagi xavflardan asraş kabi muhim yönalişlar bor. Eng muhimi, yordamga muhtoj birorta ham bola e’tibordan çetda qolmasligi kerak. Çunki bolaning qayerda tuğilgani yoki oilasining moddiy imkoniyati uning bilim olişi, soğlom ulğayişi va orzulariga erişişiga tösiq bölmasligi lozim.

Tabrikda etirof etilgan yana bir muhim jihat – oilaning bola tarbiyasidagi örniga alohida e’tibor qaratilganidir. Xalqimizda “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan hikmat bor. Bu bejiz aytilmagan. Farzand tarbiyasi faqat ota-onaning emas, balki butun jamiyatning mas’uliyatidir. Oilalarni qöllab-quvvatlaş, bolalarni mehr va ğamxörlik muhitida voyaga yetkaziş, ularning milliy qadriyatlarimizni anglagan, bilimli va mustaqil fikrlaydigan insonlar bölib ulğayişiga kömaklaşiş barçamizning vazifamizdir.

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi uçun ham oila qadri, milliy tarbiya, ona tilimiz va madaniyatimizga hurmat, yoş avlodning ma’naviy kamoloti muhim ahamiyatga ega. Şu bilan birga, bolalar zamonaviy bilimlarni egallaşi, yangi texnologiyalardan töğri foydalanişi va öz iste’dodini röyobga çiqarişi uçun imkoniyatlar keng bölişi zarur.

Samarqandda ötayotgan uşbu sammitning ahamiyati şundaki, unda bolalar farovonligi faqat bir davlatning emas, butun dunyoning umumiy mas’uliyati ekani yana bir bor ta’kidlanmoqda. Bu borada özaro tajriba almaşib, birgalikdagi taşabbuslar orqali minglab, millionlab bolalarning hayotini yaxşilaş mumkin.

Zero, har bir bola mehrga, himoyaga va munosib kelajakka loyiq. Bugun bolalar uçun yaratilgan imkoniyatlar ertaga jamiyatimizning qanday bölişini belgilaydi. Şunday ekan, farzandlarimizning soğlom, bilimli va baxtli ulğayişi yölida qilinayotgan har bir iş kelajagimizga qöyilgan muhim qadamdir.

 

Hamidjon OMANOV,
Andijon viloyat Kengaşi raisi