1559 28.10.2026
Mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, aholi salomatligini asraş va ijtimoiy yönalişdagi islohotlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan keng kölamli işlar izçil davom etmoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan ötkazgan uçraşuvi mamlakatimiz tibbiyot tizimini tubdan modernizatsiya qiliş, birlamçi böğinni kuçaytiriş, sohada raqamli yeçimlar hamda sun’iy intellektni joriy etiş, şuningdek, şifokorlarning maşaqqatli mehnatini munosib rağbatlantirişda tarixiy ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbarining uşbu muloqotdagi nutqi va ilgari surgan taşabbuslari tibbiyot sohasini aniq amaliy natijalar bilan mustahkamlaş, kadrlar salohiyatini oşiriş hamda aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan yaxşilaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Xususan, sönggi ön yilda mamlakatimizda 10 million aholiga xizmat körsatadigan yangi poliklinika va şifoxonalar işga tuşirilib, 58 ming şifo örni yaratilgani, xususiy sektorga keng imkoniyatlar berilgani natijasida tibbiy xizmatlar hajmi uç karra oşgani sohadagi ijobiy özgarişlarni körsatadi. Ilgari çet elda bajarilgan tuğma yurak nuqsonlari, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va boş miyadagi murakkab jarrohlik amaliyotlari bugun yurtimizda bajarilayotgani e’tirofga loyiqdir.
Uçraşuvda belgilangan islohotlarning istiqbolli yönalişlari qatorida birlamçi böğinni kuçaytiriş alohida örin tutadi. 28 ta tumanda sinovdan ötgan birlamçi tibbiy yordam sifatini oşiriş böyiça yangi tizim kelasi yildan yana 100 ta tumanda yölga qöyilişi, kafolatlangan paket doirasida bepul dori vositalari va tibbiy tekşiruvlar turlarining kengaytirilişi aholi salomatligini erta aniqlaş va asraşga xizmat qiladi. Samarqanddan boşlanib, barça hududlarga joriy etiladigan oşqozon, yöğon içak, prostata bezi va öpka saratonini erta aniqlaş işlariga yiliga 700 milliard söm mablağ ajratilişi bevosita inson umrini saqlab qolişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini tibbiyotga joriy etiş sohada sifatni keskin oşiradi. Kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya yönalişlarida önta sun’iy intellekt tizimini işga tuşiriş, bemorni masofadan kuzatiş va dori-darmon xavfsizligini nazorat qiliş kabi zamonaviy yeçimlar şifokorlar işini yengillaştiradi.
Kadrlar masalasida ham tibbiyotga qança zamonaviy uskunalar olib berilmasin, malakali xodimlarsiz natija bölmasligi haqli ravişda ta’kidlandi. Şu bois kadrlar tayyorlaşni klinik amaliyot bilan boğlaş, rezidenturani bepul qiliş, yoş mutaxassislarga va olis hududlarda işlayotgan şifokorlarga yuqori ustamalar hamda bir martalik rağbat pullarini belgilaş, şuningdek, soha fidoyilari uçun buyuk alloma Ibn Sino nomidagi alohida davlat mukofotining ta’sis etilişi tibbiyot xodimlariga körsatilayotgan yuksak ğamxörlik namunasidir.
Şuni alohida qayd etiş joizki, mazkur taşabbuslarning amaliy natijadorligi mustahkam huquqiy asos, byudjet mablağlaridan samarali foydalaniş, davlat-xususiy şeriklik mexanizmlarini kengaytiriş hamda joylardagi ijro intizomi ustidan ta’sirçan parlament nazoratini ta’minlaşga bevosita boğliqdir. Şu bois, qonun ijodkorligi jarayonida tibbiyot va farmatsevtika sohasini qöllab-quvvatlaş, şifokorlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuçaytirişga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş doimo e’tiborimiz markazida böladi.
Umuman olganda, uçraşuvda belgilangan vazifalar Yangi Özbekiston tibbiyotini jahon standartlari darajasiga kötariş, har bir fuqaroning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanişini kafolatlaş hamda aholi farovonligini oşirişga xizmat qiladi.
Nazira MUXTOROVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining
Mehnat, soğliqni saqlaş va ijtimoiy masalalar qömitasi raisi