Deputat va’da qoğozda qolib ketmasligini nazoratga oladi


1558     29.10.2026

Şofirkondagi 42-sonli maktabning kuz-qişga tayyorgarlik holatini örgangan Maxsud Muhammedov bir qator kamçiliklarni aniqladi. Jumladan, zamonaviy isitiş tizimi elektrga ulanmagan. Kömir zaxirasi yetarli emas. Sport jihozlari bilan ham töla ta’minlanmagan.

Töğri, deputat aralaşuvi bilan bu masalalar tezda hal etildi, lekin aslida maktabda bugun heç qanday muammo bölmasligi kerak edi. 304 nafar öquvçi tahsil olayotgan maktab yaqinda 5,2 mlrd sömga mukammal ta’mirlangan, zamonaviy sport zali ham qurilgan edi. Tumandagi 6-sonli boğçaning eng katta muammosi kapital ta’mir va qöşimça binoga muhtojligi bilan boğliq ekan. 90 örinli boğçada ayni paytda 120 nafar bola tarbiyalanyapti.

Deputat uşbu masalada ham tegişli idoralarni bezovta qildi. Mas’ullar javobi ham tayyor ekanmi, boğça davlat dasturiga kiritilganini ma’lum qilişdi. Xalq vakili bu va’daga işondi, lekin qoğozda qolib ketmasligini nazorat qiladigan böldi.