“Raqamli partiya”: sun’iy intellekt partiya va deputatlar faoliyatida


1951     29.10.2026

Markaziy kengaşda “Raqamli transformatsiya şaroitida sun’iy intellekt: imkoniyatlar, amaliy yeçimlar va iş samaradorligi” mavzusida öquv-amaliy seminar ötkazildi. Tadbirdan közlangan maqsad partiya va deputatlar faoliyatini raqamlaştiriş, ya’ni “Raqamli partiya” tamoyilini amalda joriy etiş böyiça sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanişdir.

Seminarda Markaziy kengaş raisi örinbosari Feruza Muhammedjanova, fraksiya a’zolari – Qonunçilik palatasining Innovatsion rivojlaniş va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi raisi Ilhom Abdullayev, qömita a’zosi Baxtiyor Maniyazov hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul xodimlari iştirok etdi.

Tadbirning amaliy qismida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan dasturiy mahsulotlar namoyiş etildi. “Raqamli partiya” tuşunçasi va deputatlar faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalaniş masalasi quyidagi yönalişlarda muhokama qilindi:

- murojaat va hujjatlar bilan işlaşda sun’iy intellektdan foydalaniş, murojaatlarni tezkor tahlil qiliş va hisobotlar tayyorlaş;

- deputatlar, jumladan, mahalliy Kengaş deputatlari faoliyatini raqamli vositalar orqali monitoring qiliş va hisobdorligini oşiriş;

- mahalliy Kengaş deputatlarining saylovçilar bilan muloqotini raqamli platformalar orqali yölga qöyiş, fuqarolar taklif va murojaatlarini tezkor hisobga oliş;

- deputatlik sörovlari, qonun ijodkorligi va mahalliy Kengaşlar qarorlarini tayyorlaşda sun’iy intellekt yordamidan foydalaniş;

- hududiy Kengaşlar va deputatlar bilan axborot almaşinuvini yagona raqamli muhitda yuritiş;

- raqamli muhitda axborot xavfsizligi va milliy kontentni ta’minlaş.

Fraksiya a’zosi Ilhom Abdullayev öz sözida bugungi seminar “Raqamli partiya” tamoyilini amalda joriy etişga qaratilgan öquvlarning boşlanişi ekanini ta’kidladi. Uning fikriça, sun’iy intellektni joriy etiş şunçaki zamon bilan hamnafas bölişgina emas, balki partiya va deputatlar faoliyatini sifat bosqiçiga kötariş uçun ham muhim vazifadir.

Baxtiyor Maniyazov esa öz çiqişida raqamli texnologiyalar vazirining eşituvini amalga oşiriş masalasiga töxtalib, bu yönalişlar partiyaning 2025-2029-yillarga möljallangan Saylovoldi dasturi bilan uyğun ekanini qayd etdi. Jumladan, dasturda davlat organlari faoliyati samaradorligini oşiriş uçun “Axborot xavfsizligi” doktrinasi va “Yangi Özbekistonning axborot siyosati” konsepsiyasini işlab çiqiş, Axborot kodeksi va “Onlayn platformalar” töğrisidagi qonun loyihalarini tayyorlaş, “Kibermadaniyat” dasturini joriy etiş hamda masofaviy iş va innovatsion faoliyatning huquqiy asoslarini yaratiş vaziflari belgilangan.

“Raqamli partiya – bu ekranda çiroyli körinadigan tizim emas, balki har bir deputatning işi, har bir fuqaroning murojaati va har bir qarorning natijasi körinib turadigan partiyadir. Bugun kim raqamli muhitda işlay olsa, ertaga saylovçi işonçini ham şu yöl bilan qozona oladi. Biz uçun sun’iy intellekt imkoniyatlari saylovçilarga tezroq, aniqroq va oçiqroq xizmat qiliş vositasidir, – dedi Feruza Muhammedjanova.

Ta’kidlanganidek, “Raqamli partiya” tizimini şakllantiriş bosqiçma-bosqiç davom ettiriladi. Şu mavzudagi öquv-amaliy seminarlar partiyaning barça hududiy Kengaşlarida ham taşkil etiladi.

 

Feruza JALILOVA

Markaziy kengaş bölim mutaxassisi