1566 30.10.2026
Uşbu purma’no hikmatning bugun hayotiy haqiqatga aylangani bejiz emas. Bugun maktabga kirib kelayotgan bola ertaga mamlakat boşqaruvida, ilm-fanida, tadbirkorligida, işlab çiqarişida, madaniyati va ma’naviy hayotida öz örnini topadi. Demak, maktabda berilayotgan har bir bilim, singdirilayotgan qadriyat, öqituvçining aytgan har bir sözi aslida jamiyatning kelajagiga qöyilayotgan poydevordir.
Ta’lim insonning aqlini rivojlantiradi. Tarbiya esa uning qalbini, dunyoqaraşi va hayotdagi yölini belgilaydi. Bilimli, ammo mas’uliyatsiz inson jamiyatga foydadan köra zarar keltirişi mumkin. Zukko, ammo vatanparvarlik tuyğusidan yiroq yoş öz bilimini faqat şaxsiy manfaatiga yönaltirişi ehtimoli yuqori. Şu bois, ta’limning eng katta natijasi faqat yuqori baho yoki diplom emas, balki bilimini ezgu maqsadga yönaltira oladigan insonni tarbiyalaşdir.
Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uçun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan fikri oradan bir asrdan ortiq vaqt ötgan bölsada, hamon öz ahamiyatini yöqotgani yöq. Aksinça, axborot oqimi kuçaygan, yoşlarning dunyoqaraşiga turli ğoyalar ta’sir qilayotgan bir davrda tarbiyaning ahamiyati yanada ortmoqda.
Bugun farzand tarbiyasi maktab zimmasiga yuklanayotgani eng katta xatolardan biridir. Bola maktabda bir neça soat böladi, xolos. Asosiy vaqti ötadigan oilada esa uning şaxsiyati şakllanadi. Ya’ni, oiladagi muhit, ota-onaning özaro munosabati, farzand bilan muloqot, kitobga, mehnatga, kasbga, Vatan va jamiyatga munosabat bolaga bevosita ta’sir körsatadi. Şuning uçun maktab va oila örtasidagi hamkorlik qoğozdagi tadbirlar bilan çeklanmasligi kerak. Ota-ona va öqituvçi bir-birini faqat bolaning bahosi yoki intizomi yuzasidan izlaydigan emas, balki uning kelajagi haqida birgalikda qayğuradigan hamkorga aylanişi zarur.
Farzand tarbiyasida maktab, oila, mahalla va jamiyatning bir maqsad sari harakat qilişi bugunning eng muhim talabidir. Yoşlarimizga faqat “yaxşi öqi” deyişning özi yetarli emas. Ularga nima uçun öqiş kerakligini, bilimni qayerda va qanday qöllaş lozimligini ham anglatişimiz kerak.
Bizga mustaqil fikrlaydigan, öz qaraşlarini erkin ifoda eta oladigan, zamonaviy bilimlarni egallagan, kasb-hunarli, taşabbuskor, mehnatsevar, qonunlarga hurmat bilan qaraydigan, milliy qadriyatlarini asrab-avaylaydigan va Vatan taqdiriga befarq bölmagan avlod kerak. Bunday avlod esa öz-özidan paydo bölmaydi. Ularni avvalo tarbiyalaş kerak. Bugun bir öquvçining qalbiga singdirilgan ezgu ğoya ertaga jamiyatdagi minglab ezgu işlarga yöl oçişi mumkin. Bugun körsatilgan töğri yöl ertaga bir insonning, bir oilaning taqdirini özgartirişi mumkin.
Mamlakat taraqqiyoti haqida gapirganda köpinça yangi yöllar, zamonaviy binolar, texnologiya va investitsiyalar haqida söz yuritamiz. Albatta, ular taraqqiyotning muhim omillari. Ammo barça taraqqiyotning markazida inson turadi. Agar biz kuçli, bilimli va ma’naviyatli jamiyat qurmoqçi bölsak, avvalo maktabga, öqituvçiga va yoş avlod tarbiyasiga e’tibor berişimiz kerak. Çunki bugun ta’limga, maktabga kiritilgan sarmoya ertaga jamiyatning intellektual, iqtisodiy va ma’naviy salohiyati sifatida qaytadi. Eng katta investitsiya insonning öziga kiritilgan investitsiyadir.
Jamiyatdagi muammolarning ildizini çuqurroq tahlil qilsak, ularning ayrimlari tarbiyaga borib taqalişini köramiz. Mas’uliyatsizlik, befarqlik, mehnatdan qoçiş, qonunga hurmatsizlik, zöravonlik, internetdan notöğri foydalaniş kabi holatlarning oldini oliş faqat jazolaş bilan emas, avvalo töğri tarbiya bilan amalga oşiriladi. Şu sababli tarbiya masalasini “keyinroq hal qilamiz” degan yondaşuv bilan qoldirib bölmaydi. Bolaning qalbida Vatanga muhabbatni, insonlarga hurmatni, mehnatga mas’uliyatni, ilmga qiziqişni bugun şakllantirmasak, ertaga keç bölişi mumkin.
Bugungi maktab öquvçisi ertangi ota-ona, rahbar, şifokor, muhandis, olim, tadbirkor, öqituvçi yoki oddiy mehnatkaş inson. Uning bugungi tarbiyasi ertangi jamiyatning qiyofasini belgilaydi. Şuning uçun maktabdagi har bir kun kelajak uçun berilayotgan tarbiya saboğidir.
Sunnatillo AXATOV,
partiyaning Buxoro viloyati Kengaşi raisi örinbosar