Odamlar qiş mavsumi bexavotir ötişiga qançalik işonadi?


1605     30.10.2026

Pastdarğom tumanida örganişlar olib borayotgan Şerzod Töxtaşev asosiy e’tiborni ijtimoiy obyektlarni qişga tayyorlaş, aholini gaz bilan ta’minlaş masalalariga qaratdi. Çunki sovuq kunlar yaqin, aholi esa ötgan yillardagi holat takrorlanişidan xavotirda. Kamçiliklar esa yana böy körsata boşladi.

Jumladan, “Qarovultepa”, “Sinçi” mahallalari aholisi suyultirilgan gaz baloni vaqtida yetkazilmayotganidan şikoyat qilib, deputatdan yordam söradi. “Beşbola”dagi 34-sonli boğça xodimlari esa isitiş tizimida muammo borligini ma’lum qilişdi.

Şerzod Töxtaşev uşbu masalalarda tuman mas’ullari bilan gaplaşgan. Lekin aholining bundan biron natija çiqişiga közi yetmayapti. Çunki ular ham bu borada tegişli idoralarga bir neça bor murojaat qilişgan. Natija bölavermagaç, deputatdan yordam söraşgan edi. Şu bois, deputat bu masalani qat’iy nazoratga olib, ijrosi böyiça kunlik nazoratni olib borişga va’da berdi.