Mualliflik huquqi bilan boğliq özgariş


1569     02.11.2026

Amaldagi “Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida”gi qonunda xizmat vazifalari yoki xizmat topşiriğini bajariş vaqtida yaratilgan asar 10 yildan söng muallifga qaytarilişi belgilangan. Şundan söng muallif özi yaratgan asarga töla egalik qiliş huquqiga ega böldi.

Endi uşbu tartib bekor qilinyapti. Çunki bu norma xizmat asarlarini yaratiş, yangi innovatsion mahsulotlarni işlab çiqariş, investitsiya kiritiş va uzoq muddatli biznes loyihalarni amalga oşirişga tösqinlik qilyapti.

Yangi normaga köra, endi mazkur masala tomonlarning kelişuvi asosida hal etiladi. Fraksiyada uşbu qonun loyihasi ikkiçi öqişda ham ma’qullandi.