Endi migratsiyada raqamga emas, sifatga e’tibor qaratiladi


1649     04.11.2026

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Uçtepa tumanidagi “Intil” xalqaro til va kasbga öqitiş markazi faoliyati bilan tanişdi hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi. Yiğilişda sohadagi natijalar bilan birga hal etilmagan muammolar ham oçiq körsatib berildi.

Sönggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasiga yondaşuv tubdan özgardi. Ilgari bu yönalişda 3 ta davlat bilan işlangan bölsa, hozir ularning soni 27 taga yetdi. Çet elda işlayotgan yurtdoşlarimiz soni ön yilda ikki baravar kamaygani holda, ular oilalariga yuborayotgan mablağlar tört karra oşdi. Bu odamlarimiz xorijga oddiy işçi emas, malakali kadr sifatida borayotganini körsatadi.

Şu bilan birga, yiğilişda hududlar örtasidagi katta farqqa e’tibor qaratildi. Masalan, xorijda işlayotgan bir kişiga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi Farğonada 1 850 dollar bölsa, Qoraqalpoğiston va Toşkent viloyatida 400 dollarga ham yetmayapti.

Germaniyadan joriy yilda 45 ming mutaxassisga buyurtma kelgani holda atigi 2 ming kişi işga joylaşgani esa asosiy muammo – til bilmaslik ekanini körsatdi. Şu bois, kasbga öqitiş bilan til tayyorgarligini birga olib boriş masalasi alohida örin tutadi. Kelasi yili har bir hududda “Intil” markazi tajribasi asosida yagona migratsiya markazi oçiladi, buning uçun har bir viloyatga 8 milliard sömdan ajratiladi. 10 ming kişini kasb va nemis tiliga örgatib, Germaniyada işga joylaştiriş, maktab va texnikumlarga 500 nafar til egasini jalb etiş belgilandi. Har bir viloyatdagi 2-3 tadan texnikumning 15 yilga yirik tadbirkorlar boşqaruviga berilişi yiliga kamida 30 ming nafar tayyor mutaxassis yetiştiriş imkonini beradi.

Qömitamiz uçun ayniqsa muhim bölgan masala – xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş. Endi muammoga duç kelgan yurtdoşimiz “Onlayn mahalla” platformasida xabar qoldira oladi, zarur hollarda elçining özi uning oldiga borib, muammosiga yeçim topadi.

Xorijdagi iş staji va pensiya huquqini tan oliş ham şu qatorda. Joriy yil Qirğiziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan ikki tomonlama bitimlar imzolandi, endi Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya, Boltiqböyi va Bolqon davlatlari bilan ham ana şunday kelişuvlarga erişiş kerak.

Yil boşidan buyon migratsiyadan qaytgan 1 million 116 ming kişining tajribasidan foydalaniş, yil yakunigaça ulardan 250 ming kişiga mos iş topiş vazifasi ham ijtimoiy jihatdan muhim.

Yiğilişda xususiy bandlik agentliklari faoliyatidagi xatolar, korrupsiya va fuqarolarni aldaş holatlari bölgani oçiq aytildi. Şu sababli bu sohani tartibga soluvçi alohida qonun qabul qilingan. Endi uning ijrosini kuzatib boriş, agentliklarning şaffof işlaşi va fuqarolar huquqlari amalda ta’minlanişini parlament nazorati orqali örganiş qömitamiz e’tiborida böladi. Xorijiy davlatlar bilan mehnat staji va ijtimoiy ta’minot böyiça bitimlarni ratifikatsiya qiliş jarayonida ham uşbu yondaşuvga tayanamiz.

Umuman, yiğilişda belgilangan vazifalar Prezidentimiz ta’kidlaganidek, migratsiyada raqam emas, sifatga erişişga qaratilgan. Har bir yurtdoşimiz qayerda işlamasin, kasbini puxta egallagan, huquqi himoyalangan va ortida Vatani turganini his qilib yaşaşi kerak.

 

Nazira MUXTOROVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining
Mehnat, soğliqni saqlaş va ijtimoiy masalalar qömitasi raisi