Bugunning eng dolzarb masalalari


1776     04.11.2026

Dehqonobod tumanida örganişlar olib borgan Farhod Zayniyev bugunning eng dolzarb masalalari – aholi va ijtimoiy obyektlarning kuz-qişga tayyorgarligi hamda yoqilği-energiya resurslari ta’minotiga e’tibor qaratdi. Nazorat tadbirlarida kömir va suyultirilgan gaz tarqatiş şoxobçalari faoliyati, mavjud zaxiralar va yoqilği mahsulotlarini aholiga belgilangan sanalarda yetkaziş işlari bilan tanişdi.

Örganişlar davomida kömir zaxirasini şakllantiriş, uni aholi xonadonlariga manzilli va sifatli yetkaziş işlariga e’tibor qaratildi. 30 000 ta abonentga xizmat körsatuvçi suyultirilgan gaz tarqatiş şoxobçasi faoliyati közdan keçirilib, gaz ballonlarini öz vaqtida yetkaziş va ta’minot oraliğini qisqartiriş masalalari muhokama qilindi.

Ma’lum qilinişiça, joriy mavsumda tuman aholisi uçun 3 700 tonna kömir yetkazib beriş rejalaştirilgan.