Töy bir kunlik, oila esa bir umrlik


1715     04.11.2026

Inson hayotidagi eng quvonçli va unutilmas voqealardan biri bu töy. Unda ota-onaning orzu-umidlari, qarindoş-uruğlarning mehr-oqibati, qöni-qöşnilarning hamjihatligi namoyon böladi. Biroq keyingi yillarda milliy an’analarimizga xos bölgan bağrikenglik va saxovat örnini ortiqça dabdaba, musobaqalaşiş va isrofgarçilik egallayotgani heç kimga sir emas.

Ming afsuski, bugun ayrim oilalarda farzandning töyini ötkaziş uçun yillar davomida mablağ yiğiş, bankdan kredit oliş yoki qarzga botiş holatlari yangilik bölmay qoldi. Ba’zan bir kunlik tantana uçun sarflangan mablağ oilaning bir neça yillik mehnati, jamğarmasiga teng bölmoqda. Aslida töyning fayzi uning qança mablağ sarflangani, dasturxonning naqadar tökinligi yoki mehmonlar soni bilan emas, balki oila a’zolari, qarindoş va döstlar örtasidagi samimiyat, hurmat va mehr-oqibat bilan belgilanadi.

Töyni deb qarzga botiş, öz iqtisodiy imkoniyatidan ortiq xarajat qiliş yoş oilalarning kelgusi hayotiga ham salbiy ta’sir körsatmasdan qolmaydi. Ixçam va kamxarj töy esa tejalgan mablağni yoşlarning uy-joyini yaxşilaş, ta’lim olişi, kasb-hunar egallaşi yoki tadbirkorlik faoliyatini boşlaş imkonini beradi.

Töy-marosimlarni ixçamlaştiriş faqatgina muayyan çeklovlarni belgilaş bilan emas, balki odamlarning dunyoqaraşi, munosabati va ijtimoiy mas’uliyatini özgartiriş orqali kutilgan samarani beradi. Şu bois, mahalla faollari, nuroniylar har bir oila bilan muloqot qilib, ortiqça dabdaba va isrofgarçilikning salbiy oqibatlarini tuşuntirişi, yoşlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaşi zarur.

Negaki töy va turli marosimlar şaxsiy iş emas, balki mamlakat va millat taqdiriga dahldor, ijtimoiy ahamiyatga molik masala. Şu bois, bu mavzu heç birimizning e’tiborimizdan çetda qolmasligi, har birimizning doimiy diqqat markazimizda bölişi lozim. Barçamiz öz hududimizda töy va ma’rakalar, oilaviy marosim va boşqa tadbirlarning ötkazilişi yuzasidan jamoatçilik nazoratini örnatişda faol iştirok etişimiz şart.

Xalqimizda “Isrofning oxiri – afsus” degan hikmatli gap bor. Haqiqatan ham, ortiqça sarf-xarajat bilan ötkazilgan tantanadan köra, imkoniyatga mos, samimiy va barakali marosimning qadri baland böladi. Şu nuqtai nazardan töylarimizda dabdaba emas, milliylik, odob-axloq, mehr-oqibat, hurmat va hamjihatlik ustuvor bölişi lozim. Biz farzandlarimizga kim özarga töy ötkazişni emas, balki mustahkam oila qurişni, tejamkorlikni, halol mehnatni va inson qadrini uluğlaşni örgatişimiz zarur.

Zero, töy bir kunlik, oila esa bir umrlik. Şu bois, har birimiz töy va marosimlarni ixçam, mazmunli va milliy qadriyatlarimizga munosib tarzda ötkazişga hissa qöşsak, bu nafaqat bir oilaning, balki butun jamiyatimizning farovonligiga xizmat qiladi.

 

Said MARDONOV,
Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengaşi deputati,
“Nuroniy” jamğarmasi Samarqand tuman bölimi rais