30 milliard dollarlik yangi taşabbuslar


1822     05.11.2026

Buxoroda Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 30 milliard dollarlik yangi taşabbuslar aslida bir viloyat iqtisodiyotini rivojlantiriş doirasidan ança keng maqsadlarni qamrab oladi. Bu taşabbuslar Özbekiston iqtisodiyotini yangi sifat bosqiçiga kötarişga xizmat qilişi bilan ham muhim ahamiyatga ega böladi.

Buxoro iqtisodiyoti bu yil ilk bor 100 trillion sömlik marradan oşişi, iqtisodiy ösiş 10,1 foizni taşkil etişi kutilmoqda. Bu, albatta, katta natija. Lekin e’tiborni tortgan jihat boşqa: iqtisodiy ösişning 43 foizi hamon tabiiy resurslar sanoati va qişloq xöjaligiga töğri kelmoqda. Demak, masala faqat köproq işlab çiqarişda emas, balki yuqori qöşilgan qiymat yaratiş, çuqur qayta işlaş va xizmatlar kölamini kengaytiriş bilan boğliq.

Kogon tumanida neft-kimyo ilmiy-sanoat klasterini taşkil etiş, Buxoro neftni qayta işlaş zavodi imkoniyatlarini kengaytiriş, uç yil içida 28 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş rejalari aynan şu maqsadga xizmat qiladi.

Buxoroning yana bir ulkan imkoniyati, şubhasiz, turizm. Yetti pir, Çor Bakr, Poykent, Varaxşa va boşqa tarixiy maskanlarni yagona turizm konsepsiyasi asosida rivojlantiriş, 500 million dollarlik turizm klasterini barpo etiş, xalqaro aeroport va transport infratuzilmasini yangilaş orqali Buxoroni şunçaki tarixiy şahar emas, balki xalqaro turizm va xizmatlar markaziga aylantiriş imkoniyati mavjud.

Biroq taraqqiyotning eng muhim mezoni qurilgan aeroport, amalga oşirilgan investitsiya yoki jalb qilingan sayyohlar soni bilangina ölçanmaydi. Buxoroda 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan past, 40 mingga yaqin fuqaroning bandligi ta’minlanmagan. Xorijdan qaytgan minglab yurtdoşlarimiz iş izlamoqda.

Prezidentimizning “Bundan buyon kambağal oila qolmadi degan hisobot ötmaydi”, degan qat’iy talabi bu boradagi islohotlarning asl mazmunini ifodalaydi. Ya’ni, endi raqamlar ortida real inson taqdiri, oilaning daromadi va hayot sifati turişi kerak. Menimça, Buxoro taşrifining eng muhim jihati ham şunda: iqtisodiy ösiş, investitsiya va infratuzilma loyihalari yakunda inson manfaatiga xizmat qilişi lozimligi yana bir bor aniq belgilandi.

Bugun dunyoda iqtisodiy beqarorlik, geosiyosiy ziddiyatlar va resurslar uçun raqobat kuçayib borayotgan bir paytda Özbekiston öz taraqqiyotini yangi işlab çiqariş quvvatlari, investitsiyalar, zamonaviy infratuzilma va inson kapitali orqali mustahkamlaş yölidan bormoqda.

Buxoroda belgilangan vazifalar ham ana şu katta strategiyaning bir qismidir. Tarixiy merosimizni iqtisodiy imkoniyatga, tabiiy resurslarimizni yuqori qöşilgan qiymatga, iqtisodiy ösişni esa xalq farovonligiga aylantira olsak, haqiqiy taraqqiyotga erişamiz!

 

Bahodir MAMATXONOV,

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati