1858 05.11.2026
Global özgarişlar, xalqaro munosabatlardagi yangi tendensiyalar va geosiyosiy raqobat kuçayib borayotgan bugungi şaroitda har bir davlatning xalqaro maydondagi mavqei nafaqat iqtisodiy salohiyati, balki öz taraqqiyot modelini, siyosiy qaraşlari va strategik maqsadlarini qay darajada aniq namoyon eta olişi bilan ham belgilanadi. Bunda mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsad va natijalarini xalqaro hamjamiyatga yetkaziş, ularning boşqa xalqlar va ekspert doiralari tomonidan töğri anglanişini ta’minlaş muhim vazifalaridan biridir.
Şu ma’noda, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston barqaror taraqqiyot va farovonlik yölida” kitobi xitoy tilida çop etilişi va uning taqdimoti Pekin şahrida ötkazilişi oddiy naşriyotçilikka oid voqea doirasidan ança keng ahamiyatga ega. Bu Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar falsafasi, mamlakatimizning taraqqiyot tajribasi, taşqi siyosatdagi ustuvor tamoyillari va xalqaro hamkorlikka yondaşuvini Xitoy jamoatçiligiga davlatimiz rahbarining öz fikrlari orqali yetkaziş imkonini bergan muhim siyosiy-ma’rifiy voqeadir.
Taqdimotning ahamiyati, eng avvalo, uning Xitoydagi siyosiy, ilmiy va ekspert doiralari tomonidan qanday qabul qilinganida namoyon böldi. Tadbirda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasining mas’ul rahbarlari, davlat idoralari, nufuzli ilmiy-tahliliy muassasalar, Şanxay hamkorlik taşkiloti, diplomatik korpus va ekspert hamjamiyati vakillari iştirok etdi. Taqdimotga 300 ga yaqin iştirokçining taşrif buyurgani, ular orasida Pekindan taşqari hududlardan maxsus kelgan mehmonlar ham bölgani, şuningdek, Xitoyning yuqori martabali siyosiy vakillari, nufuzli tahlil markazlari rahbarlari, olimlar va ekspertlar tomonidan bildirilgan fikrlar Yangi Özbekiston tajribasiga qiziqişning mazmun va kölamini namoyon etdi.
Kitobning Xitoydagi nufuzli “Jenmin” naşriyoti tomonidan çop etilgani ham alohida e’tiborga molik. Uni tayyorlaş jarayonida Xitoy millatlar universiteti olimlarining iştirok etgani esa naşrning ilmiy va madaniy ahamiyatini yanada oşirdi. Odatda bunday jarayonga bir yarim-ikki yil vaqt talab etiladi. Bu safar esa kelişuvdan naşrgaça bölgan bosqiç atigi sakkiz oyda yakunlangan. Yana bir muhim jihat: amaldagi xorijiy davlat rahbarining asarini naşr etiş Xitoy bosma naşrlar amaliyotida keng tarqalgan holat emas. Demak, mazkur loyihaga körsatilgan e’tibor kitobning nafaqat ma’rifiy, balki siyosiy ahamiyati ham yuqori baholanganidan dalolat beradi.
Prezidentimizning kitobiga nisbatan bunday yuksak darajadagi e’tibor zamirida, şubhasiz, Özbekistondagi özgarişlarning kölami va mazmunini anglaşga bölgan qiziqiş mujassam. Zero, bugun mamlakatimiz mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş, global muammolar yeçimiga hissa qöşiş va inson manfaatlarini davlat siyosatining markaziga qöyişga qaratilgan yondaşuvlari bilan e’tirofga sazovor bölmoqda.
Inson qadri va farovonligi — islohotlar markazida
Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning asosiy xususiyati şundaki, ular davlat va jamiyat hayotining barça sohalarini qamrab olgan holda, inson qadri va manfaatlarini ustuvor mezon sifatida belgilaydi.
Bu yondaşuv 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan “inson — jamiyat — davlat” tamoyilida ham özining huquqiy ifodasini topdi. Mazkur tamoyil şunçaki konstitutsiyaviy qoida emas. U davlat boşqaruvi, iqtisodiy siyosat, ijtimoiy himoya va jamiyat hayotining boşqa sohalarida ustuvorliklar qanday belgilanişi kerakligini körsatuvçi muhim mezondir.
Sönggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallaştiriş, tadbirkorlik muhitini yaxşilaş, investitsiyalarni jalb etiş va işlab çiqarişni diversifikatsiya qilişga qaratilgan islohotlar ta’lim, tibbiyot, bandlik va ijtimoiy himoya sohalaridagi özgarişlar bilan uyğun olib borilmoqda. Bunda iqtisodiy ösişning özi emas, balki uning aholi turmuş darajasiga ta’siri, yangi iş örinlari yaratiş, kambağallikni qisqartiriş va inson kapitali sifatini oşirişdagi samarasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirda bir neça marotaba ta’kidlanişiça, Özbekistonda amalga oşirilayotgan özgarişlar inson qadrini ta’minlaş, aholi farovonligini oşiriş va adolatli jamiyat qurişga yönaltirilgani bilan ahamiyatli. Asarda uşbu vazifalarning siyosiy mazmuni davlat rahbarining nutqlari va taşabbuslari orqali oçib berilgan. Şu bois, kitob xitoylik kitobxonlarga Yangi Özbekistonning maqsadlari, islohotlar falsafasi va mamlakat tanlagan taraqqiyot yöli tamoyillarini bevosita anglaş imkonini beradi.
Şuningdek, Özbekistonda röyobga çiqarilayotgan keng kölamli islohotlar, mamlakatning mustaqil taraqqiyot maqsadlari va tinçlikparvar taşqi siyosati Xitoy ekspertlari uçun muhim tadqiqot manbai ekani aytib ötildi. Prezident Şavkat Mirziyoyev kitobining XKP Markaziy qömitasining yuqori lavozimli vakillari iştirokida, muhim siyosiy tadbirlar bilan bir vaqtda taqdim etilgani Özbekistonning Xitoy taşqi siyosatida alohida örin tutişini körsatadi.
Ekspertlar ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni faqat iqtisodiy aloqalar bilan çeklab qöymasdan, tahlil markazlari örtasidagi ilmiy muloqotni ham kengaytiriş zarurligini qayd etişdi. Xususan, mahalla institutini takomillaştiriş, yoşlar siyosati va mintaqaviy xavfsizlik masalalari böyiça qöşma tadqiqotlar ötkazişni taklif qilişdi. Şuningdek, mahalla tizimi samaradorligini oşirişda Xitoyning “tinçlik va osoyiştalik hududi” dasturi tajribasini örganiş, aholi farovonligi, jamiyat barqarorligi va özini özi boşqariş organlari bilan hamjihatlikni ta’minlaş masalalariga e’tibor qaratildi.
Bularning barçasi bir jihatni körsatadi: mamlakatimizdagi islohotlarga qiziqiş faqat iqtisodiy körsatkiçlar yoki investitsiyaviy imkoniyatlar bilan çeklanmayapti. Islohotlarning içki mantiği, davlat boşqaruvidagi yangilanişlar, ijtimoiy siyosat va taraqqiyotning inson manfaatlariga qaratilgan jihatlari ham Xitoy ilmiy va siyosiy doiralari e’tiborida.
Siyosiy işonç — strategik şeriklikning asosi
Özbekiston va Xitoy munosabatlarining bugungi darajasi, eng avvalo, ikki davlat rahbarlari — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va XXR Raisi Si Szinpin örtasida şakllangan oçiq muloqot, özaro işonç va uzoq muddatli hamkorlikka bölgan qat’iy siyosiy iroda bilan boğliq. Aynan şu omillar ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş, ularning qamrovini kengaytiriş va strategik mazmun bilan boyitiş imkonini bermoqda.
2024-yil yanvar oyida Prezidentimizning Xitoyga davlat taşrifi davomida ikki mamlakat munosabatlari “yangi davrda har tomonlama strategik şeriklik” darajasiga kötarildi. Bu qaror siyosiy aloqalarning yangi maqomini belgilaş bilan birga, iqtisodiyot, sanoat, transport, energetika, ta’lim va gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytiriş uçun mustahkam asos yaratdi.
Oliy darajadagi siyosiy muloqot keyingi yillarda ham izçil davom etdi. 2025-yil sentabr oyida Pekinda, 2026-yil 31-avgust kuni esa Bişkek şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida ötkazilgan uçraşuvlarda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yönalişlari va erişilgan kelişuvlarning amaliy ijrosi muhokama qilindi.
Bişkekdagi uçraşuvda XXR Raisi Si Szinpin strategik şeriklikning yangi “oltin ön yilligi”ni boşlaşga tayyorligini ta’kidlagani ikki mamlakat munosabatlarining kelgusi istiqboliga bölgan işonçni ifoda etadi.
2026-yil 17-oktabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning Xitoy Davlat kengaşi Boş vaziri Li Syan bilan uçraşuvi ham siyosiy muloqotning amaliy hamkorlik bilan uzviy boğliqligini yana bir bor namoyon etdi. Muzokaralarda erişilgan kelişuvlarni hayotga tatbiq etiş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş va qöşma loyihalarni ilgari suriş masalalari muhokama qilingani, elektron tijorat, iqlim va media sohalarida hamkorlikka oid hujjatlarning imzolanişi şeriklik kun tartibi tobora kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Şu jihatdan yangi naşr ikki xalqni yanada yaqinlaştiriş, davlatlar örtasidagi döstlikning ijtimoiy asoslarini kengaytiriş va boşqaruv tajribasi almaşinuviga yangi mazmun bağişlaşga xizmat qiladi.
Oçiqlik, yaxşi qöşniçilik va umumiy taraqqiyot
Yangi Özbekistonning taraqqiyot yölini taşqi siyosatdagi özgarişlardan ayri holda tasavvur etib bölmaydi. Sönggi yillarda Markaziy Osiyoda oçiq muloqot, yaxşi qöşniçilik va özaro işonç muhitini mustahkamlaşga qaratilgan siyosat mintaqa davlatlari örtasidagi munosabatlarga yangi mazmun bağişladi.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan bir qator murakkab masalalarni özaro manfaatlarni hisobga olgan holda hal etiş, çegara, transport, savdo, suv resurslaridan foydalaniş va gumanitar aloqalar böyiça hamkorlikni kengaytiriş uçun imkoniyatlar paydo böldi. Bu jarayon mintaqada barqarorlikni mustahkamlaş bilan birga, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot uçun ham yangi şaroit yaratmoqda.
Zero, barqarorlik faqat siyosiy kelişuvlar yoki xavfsizlik çoralari bilan ta’minlanmaydi. Uning mustahkam asosi iqtisodiy ösiş, aholi farovonligi, iş örinlari, özaro işonç va hamkorlikdir. Şu nuqtai nazardan, Markaziy Osiyoning geoiqtisodiy salohiyatini röyobga çiqariş, uning xalqaro transport va savdo tizimlaridagi örnini mustahkamlaş strategik ahamiyat kasb etadi.
2025-yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlarini “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik formatiga aylantiriş va Ozarbayjonni uşbu jarayonlarga tölaqonli iştirokçi sifatida jalb etiş taşabbusining ilgari surilgani mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan muhim qadam böldi.
Pekindagi muloqotlarda ham Özbekistonning mintaqaviy va global jarayonlardagi örniga alohida e’tibor qaratilganini alohida qayd etiş örinli. Xitoyning “Bir makon, bir yöl” taşabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport-logistika va savdo sohasidagi maqsadlari örtasida ham özaro uyğunlik mavjud. Şu bois, mintaqaviy boğliqlikni kuçaytiriş nafaqat alohida davlatlar, balki butun mintaqa iqtisodiyoti uçun strategik ahamiyat kasb etadi.
Oçiq taşqi siyosat, faol mintaqaviy hamkorlik va iqtisodiy diplomatiya mamlakatimizning xalqaro mavqeini mustahkamlaş, investitsiyalarni jalb etiş, eksportni diversifikatsiya qiliş hamda transport yölaklarini rivojlantirişda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda, ayniqsa, Şanxay hamkorlik taşkiloti doirasidagi muloqotlar mintaqaviy va global masalalar yuzasidan umumiy yondaşuvlarni şakllantirişda muhim maydon bölib xizmat qilmoqda.
Özbekistonning ŞHT asosçi davlatlaridan biri sifatida taşkilot faoliyatini şakllantiriş va rivojlantirişga qöşgan hissasi ham e’tiborga molik. Xususan, 2022-yil sentabrdagi Samarqand sammitini ŞHTning yangi arxitekturasi şakllanişida muhim bosqiç sifatida baholaş mumkin. Kitobda Özbekistonning Taşkilotdagi iştirokiga bağişlangan maxsus bob mavjudligi esa mamlakatning “Şanxay ruhi” tamoyillariga sodiqligini ifodalaydi.
Şu örinda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2026-yil 1-sentabrda Bişkekda ötkazilgan sammitda ilgari surgan siyosiy hamkorlik, xavfsizlik, iqtisodiy integratsiya, transport boğliqligi, iqlim, gumanitar aloqalar, xalq diplomatiyasi va turizmga oid taşabbuslari keng e’tirof etilayotganini ta’kidlaş joiz. Xususan, Prezident Şavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati natijasida Özbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib, mamlakat Markaziy Osiyoda yirik xalqaro kuçlar e’tiborini öziga jalb etayotgan muhim markazga aylanmoqda, deyişmoqda ekspertlar.
Pekindagi uçraşuvlarda Xitoyning yetakçi tahlil markazlari va davlat muassasalari vakillari ham iqtisodiy hamkorlikni çuqurlaştirişga qiziqiş bildirdi. Biroq bugungi vazifa mavjud savdo va investitsiya aloqalarini kengaytiriş bilangina çeklanmaydi. Ularni mahalliy işlab çiqariş, texnologiyalar transferi, eksport salohiyatini oşiriş va zamonaviy kadrlar tayyorlaş bilan boğlaş muhim. Ana şunda strategik şeriklikning iqtisodiy samarasi nafaqat umumiy körsatkiçlarda, balki mamlakatning texnologik va sanoat salohiyatida ham öz aksini topadi.
Özaro munosabatlarning ma’naviy poydevori
Özbekiston va Xitoy munosabatlarining tarixiy ildizlari Buyuk ipak yöli davriga borib taqaladi. Asrlar davomida ikki xalq örtasida savdo-sotiq, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat sohalarida aloqalar şakllangan. Bugun uşbu tarixiy yaqinlik zamonaviy hamkorlikning muhim ma’naviy poydevoriga aylanmoqda.
Prezidentimiz kitobining xitoy tilida naşr etilişi ana şu jihatdan alohida ahamiyat kasb etadi. U Xitoy kitobxoniga Özbekiston haqidagi axborotni uçinçi manbalar talqini orqali emas, balki davlatimiz rahbarining öz qaraşlari, dasturiy nutqlari va strategik yondaşuvlari orqali anglaş imkonini beradi.
Bu jarayonda 2019-yilda Pekinda xitoylik ekspertlar tomonidan tayyorlangan “Prezident Mirziyoyev — Özbekistondagi islohotlar davrining me’mori” kitobining taqdimoti bilan muayyan ma’naviy boğliqlik bor. Öşanda Xitoy mutaxassislari Özbekistondagi özgarişlarni öz tahlillari orqali yoritgan bölsa, bu safar xitoylik öquvçilar mamlakatimiz rahbarining fikrlari va taraqqiyotga doir yondaşuvlari bilan bevosita tanişiş imkoniga ega bölmoqda. Bu ikki voqea özaro anglaşuvning yangi bosqiçini ifoda etadi.
Yangi naşr taqdimoti özbek-xitoy gumanitar aloqalari rivojidagi yirik voqea — 29-oktabrda boşlangan Xitoydagi Özbekiston madaniyati kunlari ötkazilgani ham çuqur ramziy ma’noga ega. Madaniy dasturlar va Prezident asarlari bilan tanişuv bir-birini töldiradi: biri özbek milliy madaniyatining boy xazinasini namoyon etsa, ikkinçisi mamlakatning bugungi intilişlari va unda röy berayotgan özgarişlar mazmunini anglaşga yordam beradi.
Kitobda Prezident Şavkat Mirziyoyevning nutqlari, murojaatlari va mualliflik maqolalari, jumladan, BMT, ŞHT va “Markaziy Osiyo — Xitoy” sammiti minbarlaridan yangragan çiqişlari tizimli ravişda jamlangan. Uşbu materiallar xitoylik olimlar, tadqiqotçilar va keng kitobxonlar ommasi uçun Özbekistonning islohotlari, davlat boşqaruvi tajribasi va xalqaro hamkorlikka doir qaraşlarini örganişda qimmatli manba bölib xizmat qilişi şubhasiz.
Taqdimotda bildirilgan fikrlardan anglaşiladiki, Xitoyning siyosiy va ekspert doiralari Özbekiston tajribasini bir neça muhim yönalişda örganişga qiziqiş bildirmoqda. Bular — inson manfaatlarini ustuvor qöygan davlat boşqaruvi, milliy şaroitga mos modernizatsiya modeli, oçiq taşqi siyosat, Markaziy Osiyoda yaxşi qöşniçilik muhitini şakllantiriş va xalqaro hamkorlikni amaliy natijalar bilan boyitişdir.
2027-yil 2-yanvarda Özbekiston va Xitoy örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga 35 yil töladi. Bu sana ikki davlat hamkorligi natijalarini sarhisob qiliş bilan birga, uning yangi bosqiçdagi ustuvor vazifalarini belgilaş uçun ham munosib fursatdir.
Pekindagi uçraşuvlar davomida Xitoyning yetakçi ilmiy-tahliliy muassasalari Özbekistonning tegişli markazlari bilan hamkorlikni çuqurlaştirişga qiziqiş bildirdi. Mahalla instituti, yoşlar siyosati, kambağallikni qisqartiriş, raqamlaştiriş, qişloq hududlarini rivojlantiriş, davlat boşqaruvi islohotlari va mintaqaviy xavfsizlik böyiça qöşma tadqiqotlar ötkaziş takliflari ilgari surildi.
Xususan, Xitoy Zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi Özbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan mahalla va yoşlar siyosati böyiça hamkorlik qilişdan manfaatdor ekanini bildirdi. Xitoy Xalqaro muammolar akademiyasi sun’iy intellekt, “yaşil” taraqqiyot va transport boğliqligi böyiça qöşma tadqiqotlarni taklif qildi. Davlat kengaşi huzuridagi Taraqqiyot tadqiqotlari markazi suv xavfsizligi, Orol fojiasi oqibatlari, muzliklarning erişi va çuçuk suv tanqisligi masalalariga e’tibor qaratdi.
Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi institut vakillari esa davlat xizmatçilari va deputatlar uçun stajirovkalar taşkil etiş, ikki mamlakat tahlil markazlari örtasida doimiy muloqot mexanizmini yaratiş, ilmiy va tahliliy materiallarni özaro tarjima qiliş böyiça takliflar bildirdi.
Bunday taşabbuslar strategik şeriklikning yangi bosqiçi faqat savdo va investitsiya hajmini oşiriş bilan emas, balki bilim, texnologiya, boşqaruv tajribasi va inson kapitali sohalarida hamkorlikni çuqurlaştiriş bilan ham belgilanişini körsatadi.
Bu jarayonda parlamentlararo aloqalarning ham öziga xos örni bor. Xitoy tomonining Oliy Majlis va Butunxitoy xalq vakillari yiğini örtasidagi munosabatlarni rivojlantiriş, siyosiy partiyalar va qonun çiqaruvçi organlar örtasida tajriba almaşişga qiziqişi parlament diplomatiyasining amaliy ahamiyatini oşiradi. Qonun ijodkorligi, davlat boşqaruvi, mahalliy vakillik organlari faoliyati hamda aholi bilan muloqot mexanizmlari böyiça tajriba almaşiş ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitişi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari va jurnalistikaning örni ham bu borada beqiyos. Mamlakatlar haqidagi xolis, işonçli va mazmunli axborot jamoatçilik fikrini şakllantiradi, özaro işonçni mustahkamlaydi. Şu bois Özbekiston va Xitoy media tuzilmalari, jurnalistlari, tahlilçilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş xalqlar örtasidagi özaro anglaşuvga xizmat qiladi.
Raqamlar taraqqiyot kölamini körsatadi, ğoyalar esa uning yönalişini belgilaydi. Prezidentimiz kitobida aks etgan Yangi Özbekistonning taraqqiyot falsafasi Xitoy kitobxoniga mamlakatimizning bugungi qiyofasi, islohotlar mazmuni va kelajak maqsadlarini anglaş imkonini bermoqda. Uning Pekinda katta qiziqiş bilan kutib olingani esa ikki davlat örtasidagi strategik şeriklik siyosiy işonç, iqtisodiy manfaatlar, intellektual muloqot va xalqlar örtasidagi yaqinlikni birlaştirgan yangi bosqiçga kötarilayotganini namoyon etdi.
Odiljon TOJIYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati,
Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boşqaruvi raisi