1870 06.11.2026
Bundan ming yillar avval Forobiy fozil jamiyat asosini inson kamolotida körgan bölsa, Yusuf Xos Hojib adolat, aql va odobni jamiyat hayotining muhim mezonlari sifatida talqin qilgan ekan. Abdulla Avloniy esa tarbiyani millatning hayot-mamot masalasi darajasiga kötargan...
Körinib turibdiki, bizda milliy tarbiya maktabi asosi tasodifan paydo bölgani yöq. Uni asrlar davomida buyuk mutafakkirlar, olimlar va ma’rifatparvarlar rivojlantirişgan.
Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Ibn Sino, Beruniy va Xorazmiy kabi mutafakkirlarning ilmiy merosi ham bejiz dunyo ahlini hanuz hayratga solayotgani yöq. Ammo globallaşuv öpqoni buyuk merosimizga, milliy özligimizga xavf sola boşladiki, raqamli dunyoda millatimizning oltin fondi sanalayotgan yoş avlodni qanday asraymiz, degan haqli bir savol kun tartibiga çiqa boşladi. Xöş, yangi avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantiriş, xalqaro maydonda raqobatbardoş qilib voyaga yetkaziş barobarida ularda milliy özlik, tarixiy xotira, Vatanga muhabbat, halollik va jamiyat oldidagi mas’uliyat tuyğularini qay tarzda mustahkamlaş mumkin?
Nega bugun milliy ta’lim tizimida tarbiya borasida katta böşliq hosil böldi?
Keling, uşbu savollarga javob topiş uçun rivojlangan mamlakatlar tajribasiga nazar solaylik. Xususan, bu borada Xitoy va Yaponiya tajribasi e’tiborga loyiq. Uşbu mamlakatlarning taraqqiyot yöli, siyosiy tizimi va ijtimoiy munosabatlari turliça bölsada, har ikki mamlakatda ham tarbiya jamiyatning uzoq muddatli taraqqiyotiga daxldor strategik vazifa etib belgilangan. Jumladan, Xitoyda vatanparvarlik tarbiyasiga faqat maktab yoki yoşlar taşkilotlarining vazifasi, deb qaralmaydi. U oila, ta’lim muassasalari, davlat idoralari, madaniyat taşkilotlari va jamoatçilik iştirokida amalga oşiriladigan umumiy tizim sifatida yölga qöyilgan.
2023-yilning 24-oktyabrida Xitoyda «Vatanparvarlik tarbiyasi töğrisida»gi qonun qabul qilinib, 2024-yilning 1-yanvaridan kuçga kirgan. Qonunda davlat organlari, maktablar, oilalar va boşqa taşkilotlarning bu sohadagi vazifalari belgilab berilgan. Uşbu qonunning muhim jihati şundaki, vatanparvarlik tarbiyasi muayyan yoş davri yoki alohida maşğulot bilan çeklanmasdan, jamiyat hayotining turli sohalariga boğlangan. Şuningdek, Xitoy tajribasida tarbiya uzluksiz davom etişi, bolalikda şakllangan qadriyatlar ta’limning keyingi bosqiçlarida çuqurlaştirilib, kasbiy va ijtimoiy hayotda mustahkamlanişi alohida belgilangan.
Ikkinçidan, tarixiy xotira va milliy madaniyat tarbiyaning muhim manbai sanaladi. Muzeylar, tarixiy yodgorliklar, madaniyat muassasalari va ma’rifiy tadbirlar bu jarayonning tarkibiy qismidir.
Uçinçidan, vatanparvarlik fuqarolar zimmasiga alohida mas’uliyat sifatida yuklatilgan. Mehnatga munosabat, jamiyat oldidagi burç va mamlakat taraqqiyotiga hissa qöşiş ham tarbiyaviy mazmunning muhim yönalişi hisoblanadi.
Töğri, Xitoyning bugungi yutuqlarini faqat vatanparvarlik tarbiyasining natijasi sifatida talqin qilmaslik kerak. Zero, milliy taraqqiyotga sanoat siyosati, investitsiyalar, ta’lim, infratuzilma, xalqaro savdo va boşqa köplab omillar ham ta’sir körsatgan.
Demak, milliy tarbiyani ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan çeklamay, aniq maqsad, mas’uliyat va natijalarga ega yaxlit ijtimoiy tizim sifatida rivojlantiriş zarur. Yaponiya tajribasi ham milliy tarbiyaning amaliy va kundalik jihatlarini körib çiqiş imkonini beradi.
Uşbu mamlakatda ta’lim jarayonida bilim beriş bilan bir qatorda şaxsiy mas’uliyat, mustaqillik, özgalarga hurmat, jamoada yaşaş madaniyati va mehnatga munosabatni şakllantirişga alohida e’tibor qaratiladi.
2006-yilda yangilangan Yaponiyaning «Ta’lim töğrisidagi asosiy qonuni»da an’ana va madaniyatni hurmat qiliş, öz yurti va mahalliy hududlarga muhabbat, boşqa mamlakatlarni hurmat qiliş, xalqaro tinçlikka hissa qöşiş, adolat, mas’uliyat va hamkorlik ta’lim maqsadlari sifatida belgilangan.
Bunday yondaşuvda milliy qadriyatlarga hurmat va umuminsoniy qadriyatlar özaro uyğun tarzda jamlanadi.
Yaponiya ta’lim tizimida axloqiy tarbiya - «dotoku» alohida örin tutadi. Xususan, boşlanğiç va quyi örta ta’lim bosqiçlarida axloqiy mavzular maxsus maşğulotlar va boşqa öquv faoliyatlari orqali yoritiladi. Öquvçilar vaziyatlarni muhokama qiliş, öz xatti-harakatlarini baholaş va turli nuqtai nazarlarni anglaşga örgatiladi.
Maktablardagi kundalik hayotning ayrim jihatlari ham tarbiyaviy vazifani bajaradi. Masalan, öquvçilarning maktab xonalarini tozalaşda iştirok etişlari bolada jamoat mulkini asraş va mehnatni qadrlaş könikmalarini rivojlantiradi. Maktabda ayni paytda ovqatlaniş vaqtida navbatçilik qiliş, bir-biriga yordam beriş va tartibga rioya etiş odatlari şakllantiriladi. Sinf va maktab jamoasi faoliyatida qatnaşiş esa bolani öz fikrini bildiriş, boşqalarni tinglaş va umumiy qaror qabul qilişga örgatadi.
Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi tayyorlagan metodik materiallarda öquvçilarning maktab hayotini yaxşilaş taşabbuslari, öquvçilar kengaşi faoliyati va maktab qoidalarini muhokama qiliş amaliyoti ham keng yoritilgan. Bu tajriba muhim pedagogik xulosa beradi: bolaga mas’uliyat haqida takror-takror gapirişdan köra, unga amalda his qiliş va bajariş imkonini beriş samaraliroq. Masalan, bolaga maktab mulkini asraş haqida tuşuntiriş beriş mumkin. Biroq u özi foydalanadigan sinfxona, kitob, jihoz yoki maktab hovlisini asraş jarayonida iştirok etsa, mas’uliyat odatga aylanadi.
Şuningdek, jamoat manfaatini hurmat qilişni tuşuntiriş bilan çeklanmasdan, öquvçilarni sinfdoşlari bilan umumiy muammoni muhokama qiliş va yeçimini topişga jalb etiş lozim.
Bu bolalarning jamoaviy mas’uliyatni çuqurroq anglaşlariga yordam beradi. Kunçiqar yurt tajribasining yana bir muhim jihati bu oila, maktab va mahalliy jamoalar örtasidagi hamkorlikdir. Uşbu tamoyil mamlakatning ta’limga oid asosiy qonunida ham aks etgan.
Töğri, Yaponiyada ham yoşlar tarbiyasi, ta’lim yuki, ijtimoiy munosabatlar va bolalar farovonligi bilan boğliq muammolar bor. Şu sababli bu tajriba mukammal model sifatida emas, balki amaliy tarbiya usullarini örganiş manbai sifatida baholansa maqsadga muvofiq bölardi. Agar Xitoyda vatanparvarlik tarbiyasining huquqiy va institutsional asoslariga ham e’tibor qaratilsa, Yaponiyada kundalik axloqiy tarbiya, jamoaviy mas’uliyat va mustaqillikni şakllantiriş muhim örin tutadi.
Uşbu tajribalar Özbekiston ta’lim tizimini takomillaştiriş uçun asqotişi mumkin. Biroq asosiy maqsad xorijiy modellarni aynan takrorlaş emas, balki milliy taraqqiyotimizga xizmat qiladigan özimizga xos samarali ta’lim tizimi va muhitini yaratişdir.
Bugungi globallaşuv zamonida milliy tarbiyaning maqsadini aniq belgilaş muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidlaş lozim. Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş uçun, eng avvalo, ilm-fanni qadrlaydigan, bilim olişga intiluvçan, mustaqil fikrlaydigan va öz kelajagi uçun mas’uliyatni his qiladigan avlodni tarbiyalaşimiz kerak. Sobiq ittifoq davrida şakllangan va bugungaça ham istilohda qöllanilayotgan «ta’lim va tarbiya» jumlasi «tarbiya va ta’lim» şaklida qöllanilib, asl qadriyatlarimizga mos özanda ifoda etila boşlangani bejiz emas. Bilamizki, Forobiy bobomiz tarbiyasiz ta’lim insoniyat uçun eng dahşatli xavf, deya ogohlikka da’vat etgan edilar. Ya’ni, tarbiya va ta’lim özaro mutanosib va bir-birini töldirişi, öz navbatida ta’lim jarayonida tarbiya, tarbiya jarayonida esa ta’lim özini namoyon etişi, ya’ni özaro uyğun hamda uzluksiz asosda taşkil etilişi lozim.
Mutafakkirlarning fikriça, tarozi pallasida tarbiya va ta’limni teng tuta olgan millatgina öz kelajagini mustahkam poydevor ustiga qura oladi... Çindan ham ta’lim insonga dunyoni anglaşni örgatsa, tarbiya unga ana şu dunyoda öz örnini topiş, insoniylik va ezgulik mezonlariga sodiq qolişni örgatadi. Bu borada Konfutsiyning: «Bilimga ega bölişning özi kifoya emas, uni qöllaş kerak, istakning özi kifoya emas, harakat qiliş kerak», degan gapini eslaş örinlidek.
Tan oliş kerak, mamlakatimizda ta’lim sifatini oşiriş, inson kapitalini rivojlantiriş, yoşlarga keng imkoniyatlar yaratiş va jamiyat hayotini yangilaşga qaratilgan tizimli islohotlar tobora avj olmoqda. Milliy tarbiya - insonning öz xalqining tarixi, tili va madaniyatini anglaşi, umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilişi, jamiyatda öz örnini topişi, huquq va majburiyatlarini bilişi hamda halol mehnati bilan yurt taraqqiyotiga hissa qöşişini nazarda tutadi. Bu aqida islohotlar röyobida ham asosiy mezon vazifasini ötamoqda. Demak, milliy tarbiya ötmişni e’zozlaş bilan birga kelajakni bunyod etişga qodir insonni kamol toptirişni közlaydi.
Şu örinda milliy tarbiya amaliyotida qaysi jihatlarga ustuvor ahamiyat berilayotganini tahlil qiliş lozim: biz bugun farzandlarimizga tarbiya berayotganda nimalarga köproq e’tibor qaratyapmiz? Ularga tarixiy sanalarni yodlatişgami yoki tarixdan xulosa çiqarişgami?
Vatanni seviş haqida gapirişgami yoki Vatanga foydali böliş könikmasini şakllantirişgami?
Halollik haqida tuşunça berişgami yoki halollikni kundalik hayot meyoriga aylantirişgami?
Bunday oğir savollar milliy tarbiya mazmunini çuqur tahlil qiliş va uni amaliy natijalar bilan boğlaş zaruratini anglatadi.
Ta’kidlaş joizki, Özbekistonda milliy tarbiyani uçta asosiy tamoyil asosida rivojlantiriş maqsadga muvofiq.
Birinçisi - milliy özlikni anglaş. Har bir bola öz xalqining tarixi, tili, madaniyati va ilmiy merosini bilişi, şu bilan birga Özbekistonning köp millatli jamiyati va umumiy fuqarolik qadriyatlarini hurmat qilişi lozim.
Ikkinçisi - şaxsiy mas’uliyat. Bola yoşligidan öz xatti-harakatlari, mehnati, ta’limi, atrof-muhit va jamoat mulkiga munosabati uçun javobgarlikni his etişga örganişi kerak. Uçinçisi bu amaliy daxldorlik. Yoşlar mamlakat taraqqiyotini özlaridan taşqarida keçayotgan jarayon, deb emas, balki bilim, mehnat, taşabbus va fuqarolik iştiraki orqali hissa qöşiş mumkin bölgan umumiy vazifa sifatida anglaşlari zarur. Milliy tarbiyani rivojlantirişda uning uzluksizligini ta’minlaş ham hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, şuni aytiş joizki, bugun Özbekiston şaroitiga mos «3 yoşdan 30 yoşgaça uzluksiz milliy tarbiya» modelini işlab çiqiş va bosqiçma-bosqiç joriy etiş zaruratga aylandi. Maktabgaça yoşda bola milliy qadriyatlarni ertak, öyin, qöşiq, oilaviy munosabat va kundalik odatlar orqali özlaştiradi. Boşlanğiç sinflarda öz mahallasi, şahri, tarixi, davlat ramzlari va madaniy merosi haqidagi dastlabki bilimlarni egallaydi. Ösmirlik davrida esa tarixiy voqealarni tahlil qiliş, axborotni tanqidiy baholaş, huquq va majburiyatlarni anglaş hamda jamoada işlaş könikmalari rivojlanadi. Bilamizki, yuqori sinflarda kasb tanlaş, ijtimoiy taşabbuslar, köngilli faoliyat va mustaqil qaror qabul qilişga e’tibor qaratiladi. Talabalik va mehnat faoliyatining dastlabki yillarida kasbiy halollik, tadbirkorlik, innovatsiya, jamoatçilik faoliyati va oilaviy mas’uliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tizimda tarbiya bir bosqiçda tugab, keyingi bosqiçda yangidan boşlanmaydi. Har bir bosqiç oldingisining mantiqiy davomi böladi.
Ha, çindan ham donişmandlar bejizga «tarbiyani daraxtga, ta’limni esa, uning mevasiga» qiyoslaşmagan.
Bu borada Arastu: «Tarbiya bu yerni uruğ sepişga tayyorlagandek, aqlni ham ta’lim olişga hozirlaşdir», degan edi.
Bir söz bilan aytganda, tarbiya bolalikdan, oiladan, söngra boğçadan töğri yölga qöyilişi şart. Bolaning birinçi murabbiyi, şubhasiz uning ota-onasidir. Ular bolaga tarbiya berişda namuna va örnak bölişlari şart. Bola sözsiz ularga taqlid qiladi. Ta’lim jarayonlari boşlangaç, unga qöşib axloqning nazariy jihatlarini ham ota-ona, ham ustoz-murabbiylar örgatadi. Agar, qadriyatlarga mos axloqni bolalarimiz qalbi va ongi ostiga muhrlay olsak, har qanday holatda ham farzandlarimizni boşqarib tura oladigan içki ruhiy kuç bilan tarbiyalagan bölamiz. Bu kuç ularni nafaqat yomon illatlardan uzoq tutadi, balki ularni yaxşilikka yönaltiradi. Biz bolalarimizni ana şu saviyagaça tarbiyalaşimiz kerak. Aslida, har qanday ota-ona va pedagogning orzusi ham şu. Tarbiyaning mohiyati, uning buyuk siri va kuçi şuki, unga doimiy nazorat, suriştiruv, kuzatuv talab qilinmaydi. Ularsiz ham unib-ösişga, atrofdagilarga namuna bölişga çorlaydigan doimiy hamrohi içki kuçi bor va bu uning tarbiyasi böladi. Ammo bu jarayonda xavotirli jihatlar ham bor: yoş avlodning dunyoqaraşiga ta’sir körsatayotgan muhim omillardan biri raqamli axborot muhitidir. Yoşlar ma’lumotni darslik va öqituvçidan taşqari ijtimoiy tarmoqlar, videoplatformalar, öyinlar hamda turli internet manbalaridan ham oladi. Şu bois, milliy tarbiyaning zamonaviy raqamli mazmunini rivojlantiriş ham bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylandi. Şuningdek, bugun Özbekiston tarixi, madaniyati, milliy an’analari, buyuk olimlari, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ibratli kasb egalari haqida sifatli multfilmlar, qisqa videolar, podkastlar, interaktiv öyinlar va ta’lim platformalarini yaratiş kerak. Bunday mahsulotlar quruq tarğibot şaklida emas, balki bolalarning yoşi, qiziqişi va mustaqil fikrlaş ehtiyojiga mos ravişda tayyorlanişi lozim.
Yoşlarimizda axborotni tanqidiy baholaş, işonçli manbalarni ajratiş va raqamli muhitda mas’uliyat bilan harakat qiliş könikmalarini rivojlantiriş ham milliy tarbiyaning ajralmas qismidir.
Milliy tarbiyaning qudrati şundaki, u insonga öz ildizlarini anglatadi, kuçiga işonç bağişlaydi, jamiyat oldidagi mas’uliyatini körsatadi va kelajakka intiliş uçun ma’naviy tayanç vazifasini ötaydi. Uşbu mavzuda fikr yuritar ekanmiz, millatning ertasi bugun uning farzandlari qalbiga qanday qadriyatlar jo etilayotgani, ongiga qanday tafakkur singdirilayotgani va qöliga qanday imkoniyatlar tutayotganimiz bilan belgilanişini alohida ta’kidlaşni istardim. Biz yoş avlodga faqat ajdodlarimiz qoldirgan buyuk merosni emas, balki ana şu merosga munosib yangi tarix yaratiş mas’uliyatini ham topşirişimiz kerak. Toki ular ötmiş bilan faxrlaniş barobarida bugunni özgartirişga, ertangi kunni esa bunyod etişga qodir bölsinlar.
E’zozxon KARIMOVA,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinçi örinbosari
“Milliy tiklaniş” gazetasining 2026-yil 4-oktyabr sonidan olindi