1621 10.11.2026
Jahon iqtisodiyotidagi özgarişlar, geosiyosiy raqobatning kuçayişi, global ta’minot zanjirlarining qayta şakllanişi şaroitida mintaqaviy hamkorlik davlatlar taraqqiyotining muhim omiliga aylanmokda. Bugun bunday hamkorlik faqat savdo aloqalari bilan çeklanib qolmay, balki sanoat kooperatsiyasi, transport-logistika, innovatsiya va inson kapitali rivojini ham qamrab olayotir.
Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) ana şu maqsadlarga xizmat qiluvçi muhim mintaqaviy maydondir. Muştarak tarix, til va madaniy qadriyatlarga tayangan mazkur tuzilma bugun iqtisodiy manfaatlarni uyğunlaştiriş, özaro savdo va investitsiyalarni kengaytiriş, transport imkoniyatlaridan birgalikda foydalaniş borasida yangi istiqbollarni oçmoqda.
30 oktyabr kuni Anqarada “Turkiy asr: tilda, fikrda va işda birlik” ğoyasi ostida ötkazilgan TDTning 13-sammiti ham savdo-iqtisodiy aloqalarni çuqurlaştiriş, investitsiya, transport, energetika va raqamli transformatsiya sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
Bugun asosiy masala mavjud imkoniyatlarni aniq iqtisodiy natijaga aylantirişdan iborat. Zero, mintaqaviy integratsiya samarasi faqat özaro savdo hajmining ösişi bilan emas, balki qöşma işlab çiqariş loyihalari, yangi iş örinlari, texnologik yangilaniş va eksport salohiyatining ortişi bilan ham belgilanadi. Masalan, bir mamlakatda yetiştirilgan xomaşyoni boşqasida qayta işlaş, uçinçi davlatda texnologik takomillaştiriş va umumiy bozorlarga çiqariş orqali yuqori qöşilgan qiymat yaratiş mumkin. Bu esa oddiy tovar ayirboşlaşdan köra kengroq iqtisodiy samara beradi.
Özbekistonning TDT doirasidagi iştiroki ham taşqi iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiyalaş, mintaqaviy bozorlarga çiqiş va tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalanişda muhim örin tutadi.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2025 yilda Özbekistonning TDT mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 10,8 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etgan. Bu mamlakatimizning 81,2 mlrd. dollarlik umumiy taşqi savdo aylanmasida salmoqli uluşga ega. Ayni paytda mazkur körsatkiç hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun imkoniyatlar yetarli ekanini ham körsatadi.
Endilikda töqimaçilik, elektrotexnika, oziq-ovqat sanoati, kimyo, quriliş materiallari va qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş kabi sohalarda qöşma korxonalar taşkil qiliş, investitsiyalarni zamonaviy texnologiyalar bilan uyğunlaştiriş muhim. Bunda loyihalar soni emas, ularning qança qöşilgan qiymat yaratişi, eksportni oşirişi va yangi iş örinlari taşkil etişi asosiy mezon bölişi lozim.
Özbekistonning dengiz portlariga töğridan-töğri çiqiş imkoniyatiga ega emasligi taşqi savdo logistikasini rivojlantirişni strategik vazifaga aylantiradi. Şu bois xalqaro transport yönalişlarini diversifikatsiya qiliş, yuk taşiş xarajatlarini kamaytiriş va çegaradan ötiş jarayonlarini soddalaştiriş muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Osiyo va Yevropani Kaspiy dengizi orqali boğlovçi Transkaspiy xalqaro transport yönalişi — Örta koridor Özbekiston uçun katta imkoniyatlar eşigini oçadi. Şuningdek, Xitoy — Qirğiziston — Özbekiston temir yöli loyihasini mintaqaviy transport tarmoqlari bilan boğlaş mamlakatimizning taşqi bozorlarga çiqiş jarayonini yanada tezlaştirişi mumkin.
Zamonaviy iqtisodiyotda raqobatbardoşlik innovatsiya, raqamli texnologiyalar va malakali kadrlarga bevosita boğliq. Şu ma’noda, turkiy davlatlar örtasida elektron savdo, raqamli logistika, sun’iy intellekt hamda axborot xavfsizligi sohalarida hamkorlikni kengaytiriş yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Bunda universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes tuzilmalari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, talabalar hamda mutaxassislar almaşinuvini kengaytiriş ham muhim. Çunki inson kapitali mintaqaviy integratsiyaning nafaqat natijasi, balki uning asosiy harakatlantiruvçi kuçidir. Ayniqsa, yoşlar, xotinqizlar va kiçik biznes vakillarining iqtisodiy hamkorlik jarayonlaridagi iştirokini kengaytirişga e’tibor qaratiş lozim. Zero, integratsiyaning haqiqiy samarasi uning imkoniyatlaridan qança köp aholi qatlami foydalana olişi bilan ham belgilanadi.
Anqara sammitida belgilangan ustuvor vazifalar va qabul qilingan hujjatlar turkiy davlatlar hamkorligining institutsional asoslarini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Özbekiston uçun esa mazkur hamkorlik taşqi iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qiliş, milliy işlab çiqaruvçilarning mintaqaviy va xalqaro bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda iqtisodiy salohiyatni yuksaltirişning muhim omilidir. Eng muhimi, turkiy davlatlarni birlaştirib turgan tarixiy yaqinlik bugun aniq iqtisodiy natijalarda namoyon bölişi kerak. Zero, muştarak tarixning eng katta qadri — u bugungi taraqqiyot, özaro işonç va umumiy farovonlikka xizmat qilganida.
Jamila BOBONAZAROVA,
Oliy Majlis Senatining
Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi a’zosi.
“Xalq sözi” gazetasining 2026-yil 7-noyabr sonidan olindi