Özbekiston eng yaxşi sayyohlik yönalişi sifatida e’tirof etildi


1647     10.11.2026

Buyuk Britaniya poytaxti – Londonda ötkazilgan xalqaro turizm körgazmasida “Lonely Planet” turizm naşri Özbekistonni eng yaxşi sayyohlik yönalişi sifatida e’tirof etdi. Mamlakatimizning xalqaro turizm maydonida e’tirof etilişi, şubhasiz, barçamiz uçun quvonarli voqea. Bu yurtimizning boy tarixiy merosi, betakror tabiati, milliy qadriyatlari, qadimiy şaharlar va xalqimizga xos mehmondöstligi dunyo hamjamiyatida tobora katta qiziqiş uyğotayotganini körsatadi.

Bugun bu soha oddiy sayohat yoki dam olişgina bölib qolmay, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va milliy madaniyatni xalqaro miqyosda tarğib etişning muhim vositasiga aylanmoqda. Şu bois, London e’tirofi ortida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va izçil davlat siyosati mujassam. Eng muhimi, bu jarayon yurtimizning xalqaro nufuzini mustahkamlaş bilan birga, milliy iqtisodiyotimizning yangi ösiş nuqtalarini şakllantirişga ham xizmat qilmoqda.

Men deputat sifatida turizmni mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti bilan bir qatorda milliy özligimiz, tariximiz va ma’naviy qadriyatlarimizni dunyoga tanitişning muhim yönalişi deb hisoblayman. Çunki mamlakatimizga taşrif buyurgan har bir sayyoh nafaqat tarixiy obidalarimizni tomoşa qiladi, balki xalqimizning turmuş tarzi, urf-odatlari, milliy taomlari, hunarmandçiligi va mehmondöstligi bilan ham yaqindan tanişadi. Şu ma’noda, turizm xalq diplomatiyasining ham samarali vositasi bölib, Özbekiston haqida dunyoda ijobiy tasavvurlarning şakllanişiga katta hissa qöşadi.

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining uşbu yönalişdagi taşabbuslari alohida ahamiyatga ega. Partiya öz dasturiy maqsadlarida milliy madaniy merosni asraş, tarixiy obidalarni kelajak avlodga yetkaziş, içki va ziyorat turizmini rivojlantiriş, milliy hunarmandçilik hamda xalq amaliy san’atini keng tarğib qilişga ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Zero, milliy merosni asraş va uni zamonaviy turizm imkoniyatlari bilan uyğunlaştiriş orqali ham iqtisodiy, ham ma’naviy jihatdan katta natijalarga erişiş mumkin.

Albatta, içki turizmni rivojlantiriş, yoş avlodni yurtimizning tarixiy şaharlari va muqaddas qadamjolari bilan yaqindan taniştiriş, mahalliy sayyohlik yönalişlarini ommalaştiriş ham muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada “Özbekiston böylab sayohat qil!” kabi taşabbuslarning ahamiyati katta. Zero, avvalo özimiz yurtimizni yaxşi bilişimiz, uning har bir göşasidagi tarixiy va tabiiy boyliklarni qadrlaşimiz lozim. Ayniqsa, yoşlarning tarixiy maskanlarga sayohatlarini taşkil etiş ularda Vatanga muhabbat, milliy tariximizga hurmat va ajdodlar merosiga daxldorlik tuyğusini mustahkamlaydi.

 

Sevara YÖLDOŞEVA,
Xalq deputatlari Angor tuman Kengaşi deputati