1910 11.11.2026
Inson qadri, uning mehnati, huquq va manfaatlarini himoya qiliş Yangi Özbekiston siyosatining boş maqsadi hisoblanadi. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uçun” tamoyili bugun jamiyat hayotining barça jabhalarida, jumladan, mehnat munosabatlarida ham özining amaliy ifodasini topmoqda. Zero, insonning qadri avvalo uning mehnatiga berilgan bahoda, huquqlarining ta’minlanişida, munosib yaşaşi va işlaşi uçun yaratilgan şaroitlarda namoyon böladi.
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, Yangi Özbekiston – inson hayoti, uning salomatligi, huquq va manfaatlari, qadr-qimmati işonçli himoya qilinadigan davlatdir. Bu yuksak maqsadni amalga oşirişda esa kasaba uyuşmalarining örni va mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Şu ma’noda, mamlakatimizda kasaba uyuşmalari tomonidan amalga oşirilayotgan işlar ham e’tiborga molik. Sönggi beş yilda kasaba uyuşmalari sa’y-harakatlari bilan qariyb 500 ming nafar fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi, korxona va muassasalarda 20 mingga yaqin jamoatçilik nazorati va gender tenglik auditi ötkazildi, mehnat muhofazasi böyiça 21 mingdan ortiq kamçilik bartaraf etildi. Şuningdek, salkam 1 million nafar xodim va ularning oila a’zolari sanatoriylarda soğlomlaştirilgan, 800 ming nafardan ziyod bola yozgi dam oliş maskanlarida hordiq çiqargan.
Bu raqamlar ortida minglab insonlarning tiklangan huquqlari, soğlomlaştirilgan oilalar, munosib mehnat şaroitiga ega bölgan xodimlar va bolalarning quvonçi mujassam. Eng muhimi, ular kasaba uyuşmalarining inson manfaatlariga xizmat qilayotganini amaliy jihatdan namoyon etadi.
Kasaba uyuşmalari haqida gapirganda faqat köp yillik tajribaga ega katta avlod vakillarini tasavvur qiliş bilan çeklanib qolmasligimiz kerak. Albatta, faxriylarimiz, tajribali kasaba uyuşmasi faollari tizimning bebaho tayançi. Ularning fidoyiligi, mehnat tajribasi, kasbga sadoqati va hayotiy saboqlari yoş avlod uçun katta maktabdir. Biroq bugungi kasaba uyuşmalari bu nafaqat tajriba va an’analar, balki yoşlik şijoati, yangi ğoyalar va zamonaviy taşabbuslar uyğunlaşgan maskandir.
Buni statistik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Mamlakatimizda kasaba uyuşmalari a’zolarining umumiy soni 7 million nafardan ortiq bölib, ularning 2,5 milliondan ziyodini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etadi. Ya’ni, kasaba uyuşmalari safidagi har uç a’zodan biri yoşlar bölib, bu ularning tizimdagi örni va faolligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Bu şunçaki statistik körsatkiç emas. Bu yoş avlodning mehnat munosabatlaridagi faolligi, ijtimoiy mas’uliyati va jamoaviy manfaatlarni himoya qilişga bölgan intilişining ifodasidir. Demak, bugungi kasaba uyuşmalari faqat katta avlod vakillariga xos taşkilot emas, balki millionlab yoşlarni birlaştirgan, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlayotgan keng ijtimoiy maydondir.
Menimça, bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri yoşlarni kasaba uyuşmalari safiga jalb qiliş bilangina çeklanmasdan, ularning taşkilot faoliyatini boşqariş, qarorlar qabul qiliş va yangi loyihalarni işlab çiqişdagi iştirokini ham kengaytirişdir. Çunki yoşlar faqat kelajak egalari emas, ular bugungi taraqqiyotning ham faol iştirokçilaridir.
Bu borada xorijiy tajriba ham e’tiborga molik. Masalan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti ma’lumotlariga köra, 2024-yilda Şvetsiyada yollanma xodimlarning 65,9 foizi, Daniyada esa 60,4 foizi kasaba uyuşmalariga a’zo bölgan. Bu davlatlarda kasaba uyuşmalari mehnat şaroitlari, iş haqi, ijtimoiy kafolatlar va xodimlar manfaatlarini himoya qiliş böyiça jamoaviy muzokaralarda faol iştirok etadi. Ayniqsa, Şvetsiya va Daniya tajribasida iş beruvçi, xodim va kasaba uyuşmalari örtasidagi ijtimoiy şeriklik mexanizmlari muhim örin tutadi.
“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Kasaba uyuşmasi qömitasi faoliyatida ham inson manfaatlarini ta’minlaş, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qiliş, jamoada soğlom ma’naviy muhitni mustahkamlaş ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Biz kasaba uyuşmasini şunçaki tadbirlar taşkil etuvçi tuzilma emas, balki har bir xodimning murojaati tinglanadigan, muammosiga yeçim izlanadigan, taşabbusi qöllab-quvvatlanadigan işonçli jamoat instituti sifatida köramiz.
Şu jihatdan, 11-noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni biz uçun nafaqat bayram, balki amalga oşirilgan işlarni sarhisob qiliş, oldimizda turgan vazifalarni belgilaş va kelajak sari yangi maqsadlar bilan intiliş imkoniyatidir. Bugungi kasaba uyuşmalari – bu millionlab insonlarning manfaatlarini birlaştirgan, katta avlodning boy tajribasi va yoşlarning yangi taşabbuslarini uyğunlaştirayotgan muhim ijtimoiy kuçdir.
Elyor KELDIYOROV,
partiya Markaziy kengaşi kasaba uyuşmasi qömitasi raisi