Milliy barqarorlik drayveri


1910     12.11.2026

Bugun dunyoda globallaşuv va geosiyosiy özgarişlar jadal keçmoqda. Bu esa köplab davlatlarni uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalarini qayta körib çiqişga undayapi. Ana şunday murakkab şaroitda millat xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlaşda milliy qadriyatlarning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Çunki millatni millat qilib turadigan kuç bu uning qadriyatlari, tarixi, xotira va ma’naviy merosidir. Ana şu asoslar xalqning özligini saqlaydi, taşqi ta’sirlardan himoya qiladi.

Rivojlangan davlatlar tajribasi ham şuni körsatadiki, ularning yutuği faqat iqtisodiyot yoki texnologiya bilan emas, balki jamiyatni birlaştirib turadigan umumiy qadriyatlar bilan ham boğliq va uni şartli ravişda uç guruhga ajratiş mumkin: şaxsiy, ijtimoiy va milliy-ma’naviy qadriyatlar. Birinçisi erkinlik, mustaqillik, inson qadr-qimmati, mas’uliyat va özini rivojlantiriş bilan boğliq bölsa, ikkinçisi işonç, adolat, qonun ustuvorligi, teng imkoniyatlar, özaro hurmat va hamjihatlikka boğlanadi. Uçinçisi esa vatanparvarlik, milliy suverenitet, tarixiy xotira, madaniy meros va fuqarolik burçi hisoblanadi.

Albatta, har bir davlat öz tarixi va taraqqiyot yölidan kelib çiqib, turli qadriyatlarga ustuvor ahamiyat beradi. Masalan, AQŞ şaxsiy erkinlik va konstitutsiyaviy qadriyatlarga tayansa, Yaponiya jamoaviy mas’uliyat, burç va ijtimoiy uyğunlikni ustuvor biladi. Xitoy esa Konfutsiy ta’limoti, davlatga sadoqat va meritokratiyani taraqqiyotning muhim omili sifatida qabul qilgan. Şu bilan birga, barça rivojlangan davlatlarni birlaştirib turadigan umumiy qonuniyat ham bor: ular xalqni umumiy qadriyatlar atrofida birlaştirişni davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylantirgan. Çunki iqtisodiy dasturlar, siyosiy islohotlar va texnologik yutuqlar mustahkam qadriyatlar poydevori bölgandagina uzoq muddatli samara beradi.

Yurtimizda ham milliy qadriyatlarni örganişga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti milliy qadriyatlar röyxatini şakllantirib, ularning iqtisodiy taraqqiyot va aholi farovonligiga ta’sirini ilmiy jihatdan tahlil qildi. Ular 12 ta: ota-onaga ehtirom, lafz, pokizalik, jasorat, özbek tili, harakatda baraka, erkin va mustaqil fikrlaş, yelkadoşlik, bağrikenglik, silai rahm, tabiat bilan uyğunlik va rozi-rizolik qadriyatlari hisoblanadi.

Biroq bu yerda muhim savol tuğiladi: qadriyatning ahamiyatini faqat iqtisodiy natija bilan baholaş mumkinmi? Yoki uning asosiy qiymati ma’naviy mohiyatidami? Qadriyatlarni statistik boğliqliklar orqali töliq tuşuntirib böladimi? Masalan, tadqiqotda “ota-onaga ehtirom” qadriyati asosan ota-ona bilan birga yaşaşning iqtisodiy samarasi orqali izohlangan. Unga köra, ota-onasi bilan yaşaydiganlarning daromadi boşqalarga nisbatan 0,09 foizga yuqori ekani qayd etilgan. Ammo bu holatda ölçanayotgan narsa qadriyatning özi emas, balki muayyan ijtimoiy holat bilan iqtisodiy körsatkiç örtasidagi boğliqlikdir.

Eng muhimi, qadriyatning haqiqiy qiymati iqtisodiy foyda bilan belgilanmaydi. Masalan, oylik daromad 5 million söm bölsa, 0,09 foizlik farq taxminan 4,5 ming sömga teng böladi. Ming yillar davomida xalqimiz ma’naviyatining asoslaridan biri bölib kelgan ota-onaga ehtiromni şunday moddiy mezon bilan baholaş uning haqiqiy mohiyatini oçib bermaydi.

Yana bir muhim jihat – sabab va oqibat munosabati hisoblanadi. Inson ota-onasi bilan yaşagani uçun mas’uliyatli yoki mehnatsevar bölib qolmaydi. Aksinça, yaxşi tarbiya olgan, mas’uliyatli va yuksak axloqli inson ota-onasini ham qadrlaydi, mehnatda ham yuqori natijaga erişadi. Demak, iqtisodiy farovonlik qadriyatning sababi emas, balki uning ehtimoliy natijalaridan biridir. Iqtisodiyot qadriyatni yaratmaydi. Aksinça, mustahkam qadriyatlar soğlom iqtisodiyotni, barqaror jamiyatni va kuçli davlatni şakllantiradi.

Bu jarayonda Özbekiston uçun qanday yondaşuv zarur?

Albatta, milliy qadriyatlar röyxatini şakllantiriş muhim qadam. Ammo oddiy röyxatning özi milliy tarbiya tizimini yarata olmaydi. Qadriyatlar özaro boğlangan yaxlit tizimga aylangandagina ularning hayotdagi ta’siri kuçayadi.

“Milliy tiklaniş”ning Saylovoldi dasturida belgilangan “qadriyatlarni toifalaştiriş, tiklanişga muhtoj hamda barqaror saqlanişi zarur bölgan qadriyatlar röyxatini şakllantiriş va ommalaştiriş” vazifasidan kelib çiqib, quyidagi uç tamoyilga tayaniş taklif etiladi.

Birinçisi, tizimlilik: har bir qadriyatning jamiyat hayotidagi örni, vazifasi va boşqa qadriyatlar bilan boğliqligi aniq belgilanişi lozim. Qadriyatlar şaxsiy, ijtimoiy va milliy darajalarga ajratilsa, ularning har biri qayerda va qanday vazifani bajarişi oydinlaşadi. Ikkinçisi, ustuvorlik: Barça qadriyatlar bir xil ahamiyatga ega emas. Millatning ma’naviy özagini taşkil etuvçi oliy qadriyatlar alohida ajratilişi, qolgani esa şu asosda tizimlaştirilişi kerak. Bu qaysi qadriyatlarni birinçi navbatda asraş va qaysilarini tiklaş zarurligini belgilaş imkonini beradi;

Uçinçisi, tarbiya bilan uzviy boğliqlikdir: qadriyatlar kitoblarda yozilgan ğoya bölib qolmasligi kerak. Ular oilada, maktabda, mahallada, oliy ta’lim va davlat boşqaruvida inson hayotining barça bosqiçlarida izçil şakllantirilişi lozim. Ana şundagina qadriyatlarni haqiqiy ommalaştirişga erişiladi.

Bugungi kun talabi qadriyatlarni şunçaki röyxat sifatida emas, balki şaxs tarbiyasidan tortib davlat taraqqiyotigaça bölgan uzluksiz jarayonning asosiy harakatlantiruvçi kuçi sifatida şakllantirişdir.

 

Abdumannon KARIMOV,
partiyaning Toşkent viloyati Kengaşi raisi örinbosari