1617 12.11.2026
Toşkent davlat texnika universitetida partiya va universitet rahbariyati, partiyadan saylangan Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaş deputatlari, professor-öqituvçilar hamda talaba-qizlar va talaba-onalar iştirokida oçiq muloqot taşkil etildi.
Tadbirda Prezidentning 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça qöşimça taşkiliy-huquqiy çoralar töğrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyati haqida yoşlarga ma’lumotlar berildi. Partiyaning Saylovoldi dasturida xotin-qizlar huquqlarini himoya qiliş, oila institutini mustahkamlaş böyiça belgilangan vaziflar ijrosi hamda talaba-onalar uçun yaratilgan şaroitlarni deputatlik nazorati asosida örganiş natijalari muhokama qilindi.
Suhbatda texnika yönalişida tahsil olayotgan qizlar soni hali ham kam ekani alohida ta’kidlandi. Muhandislik va zamonaviy texnologiyalar sohasida xotin-qizlar uluşini oşiriş, ularni bu yönalişlarga köproq jalb etiş va teng imkoniyatlar yaratiş zarurligi qayd etildi.
Yoş oilalar, jumladan, talabalar orasida ajrimlar köpayib borayotgani ham muhokama markazida böldi. Oila qadriyatlarini mustahkamlaş, yoşlarni oilaviy hayotga ma’naviy-ruhiy tayyorlaş va talaba-onalarning oilaviy mas’uliyat bilan öqişni uyğunlaştirişiga kömaklaşiş muhimligi qayd etildi.
Iştirokçilar universitetdagi “Ona va bola xonasi” faoliyatini nazorat-tahlil tartibida örganib, bunday xonalar talaba-onalar uçun qulay va xavfsiz muhit yaratişda muhim ahamiyatga ega ekani, deputatlar va talaba-qizlar örtasida “Ustoz – şogird” an’anasini yölga qöyiş orqali siyosatçi xotin-qizlarning yangi avlodini şakllantiriş zarurligi qayd etildi.
Muloqotda talaba-qizlarning takliflari tinglanib, savollariga javob berildi. Tadbir yakunida bu boradagi işlarni izçil davom ettiriş muhimligi ta’kidlandi. Zero, bugun ta’lim olayotgan qizlar ertangi kunning malakali mutaxassislari va mamlakat taraqqiyotiga hissa qöşadigan yetakçilaridir. Ayni kunda uşbu masala böyiça hududlarda partiya deputatlik guruhlari tomonidan mazkur yönalişda nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda.
Feruza JALILOVA,
Markaziy kengaş mas’ul xodimi