1585 13.11.2026
Mamlakatimizda elektrotexnika sanoatini qöllab-quvvatlaş, uning işlab çiqariş va innovatsion salohiyatini kengaytirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida soha tadbirkorlari va investorlar bilan ötkazgan muloqoti ham ana şu strategik maqsadlarni amaliy natijalarga aylantiriş yölidagi muhim qadam böldi.
Muloqotda ilgari surilgan taşabbuslar davlatimiz rahbarining mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilab berilgan milliy taraqqiyot maqsadlari bilan ham uzviy boğliqdir. Xususan, unda iqtisodiyotni yuqori texnologiya va mehnat unumdorligi modeliga ötkazişga qaratilgan uçinçi milliy dastur doirasida sanoatda 2 millionta yuqori daromadli iş örni yaratiş, kelgusi ön yilda 450 mlrd. dollar xorijiy investitsiya jalb qiliş kabi muhim marralar belgilangandi. Bu vazifalarni amalga oşirişda elektrotexnika sanoatini yangi texnologik bosqiçga olib çiqiş, işlab çiqarişni diversifikatsiya qiliş, innovatsiya va investitsiyalarni keng jalb etiş muhim ahamiyatga ega.
Toşkent viloyatidagi muloqotda aytilganidek, sönggi ön yilda sohaga 2 mlrd. dollar investitsiya kiritilib, 413 ta yangi işlab çiqariş quvvati işga tuşirildi. Yuzdan ortiq turdagi yangi mahsulotlar tayyorlaş yölga qöyildi. Natijada mahsulot hajmi 2016-yildagi 1,7 trln. sömdan joriy yilda 50 trln. sömga yetdi. Eksport 14 barobar ösib, 1 mlrd. 600 mln. dollarni taşkil etdi. Bu körsatkiçlar islohotlar va tadbirkorlar mehnatining amaliy natijasidir. Biroq mavjud salohiyatni hisobga olganda, bu hali yakuniy marra emas. Davlatimiz rahbari bu mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam ekani, sohani yanada rivojlantiriş zarurligini ta’kidladi.
E’tiborli jihat şundaki, ilgari surilgan taşabbuslar elektrotexnika sanoatini ilm-fan, innovatsiya va sanoat integratsiyasi asosida rivojlantirişga xizmat qilişi bilan ham ahamiyatlidir. Xususan, tadqiqotçilarni sanoat korxonalari bilan boğlaydigan “Yangi sanoat” milliy platformasining işlab çiqilişi ilmiy işlanmalarning laboratoriyalar doirasida qolib ketmasdan, real iqtisodiy samara beradigan mahsulot va texnologiyalarga aylanişi uçun muhim imkoniyat yaratadi.
Har bir hududda tadqiqot va işlanmalar markazlari yoki texnoparklarni yangi sanoat yönalişlariga moslaştiriş, mahsulotlarni sinovdan ötkaziş maydonçalarini taşkil etiş taşabbusi ham alohida ahamiyatga ega. Çunki yangi mahsulotni yaratişning özi yetarli emas, uni sinovdan ötkaziş, takomillaştiriş va bozor talablariga moslaştiriş uçun zarur infratuzilma ham bölişi kerak. Bunday maydonçalar yirik sanoat korxonalari bilan kiçik biznes örtasidagi kooperatsiyani kuçaytirib, mahalliy tadbirkorlarning işlab çiqariş zanjirlariga kirib borişiga yöl oçadi.
Aholiga mahalliy işlab çiqarilgan maişiy texnikalarni xarid qiliş uçun yillik 18 foiz stavkada iste’mol kreditlari ajratiş mexanizmining joriy etilişi ham iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Bu taşabbusning afzalligi şundaki, u bir vaqtning özida ikki muhim vazifani hal etişga xizmat qiladi: aholining zamonaviy maişiy texnikadan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiradi va mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun içki bozorda barqaror talabni şakllantiradi.
Uşbu vazifalarning hayotga tatbiq etilişida parlament zimmasiga ham muhim mas’uliyat yuklanadi. Avvalo, belgilanayotgan çora-tadbirlarning huquqiy asoslarini takomillaştiriş, sohada tadbirkorlar va investorlar uçun qulay qonunçilik muhitini yaratiş, mahalliy işlab çiqaruvçilar manfaatlarini himoya qiliş deputatlik faoliyatining ustuvor yönalişlaridan bölişi lozim. Parlament nazorati doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini, ajratilayotgan moliyaviy resurslardan maqsadli va samarali foydalanilişini, tadbirkorlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaldagi natijalarini muntazam örganib boriş maqsadga muvofiq.
Farxod ZAYNIYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining
Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiriş va sanoat masalalari qömitasi raisi örinbosari.
“Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 12-noyabr sonidan olindi