1647 18.11.2026
Davlat bayroği — şunçaki ranglar va ramzlar uyğunligidan iborat mato emas. U xalqning tarixiy xotirasi, milliy özligi, ozodlikka intilişi va kelajakka bölgan işonçini özida mujassam etgan muqaddas timsoldir. Bayroq hilpiragan joyda davlatning şa’ni, xalqning ğururi va mustaqil taraqqiyot yöli namoyon böladi. Şu bois dunyoning qaysi burçagida bölmasin, öz mamlakati bayroğini körgan inson qalbida faxr, daxldorlik va Vatanga muhabbat tuyğulari uyğonadi.
Bayroğimiz Birlaşgan Millatlar Taşkilotida, xalqaro maydonlarda, sport musobaqalarida, ilm-fan va madaniyat anjumanlarida kötarilar ekan, u butun Özbekiston nomidan sözlaydi. Uning ostida turli kasb, millat, til va dunyoqaraş vakillari yagona Vatan — Özbekiston fuqarolari sifatida birlaşadi. Aynan mana şu jihat davlat bayroğining eng muhim ijtimoiy-siyosiy mazmunini belgilaydi. U jamiyatdagi rang-baranglikni birlaştiruvçi, umumiy fuqarolik mansubligini mustahkamlovçi ramzdir. Özbekiston köp millatli va köp konfessiyali mamlakat. Bu yurtda turli millat va elat vakillari asrlar davomida yonma-yon yaşab, yurt ravnaqi, tinçligi va farovonligi yölida mehnat qilib kelmoqda. Ularning ona tili, urf-odati va madaniyati turliça bölişi mumkin, biroq barçasini birlaştiradigan muştarak qadriyat bor – bu Özbekiston va uning kelajagiga daxldorlik tuyğusidir. Davlat bayroği ana şu birlikning umumiy ifodasi, barçamiz uçun muştarak Vatan timsolidir.
Şu ma’noda, bayroqqa hurmat — faqat davlat ramziga ehtirom körsatiş emas, balki mustaqillikni qadrlaş, tarixiy xotiraga sadoqat va jamiyat oldidagi fuqarolik mas’uliyatini anglaşdir. Bayroqni e’zozlaş uning tasvirini kötarib yuriş bilangina çeklanmaydi. U ifodalagan qadriyatlarga munosib böliş, mamlakat taraqqiyotiga hissa qöşiş, qonunlarga hurmat bilan qaraş, millatlararo totuvlik va ijtimoiy hamjihatlikni asraş ham şu mas’uliyatning ajralmas qismi hisoblanadi.
Xalqaro tajribada ham davlat bayroğiga hurmat huquqiy me’yorlar, foydalaniş madaniyati va fuqarolik tarbiyasi uyğunligida şakllanişini körsatadi. Masalan, Amerika Qöşma Ştatlarida bayroqdan foydalanişning va unga hurmat körsatişning asosiy qoidalarida belgilangan. Unda bayroqni kötariş va joylaştiriş, boşqa bayroqlar bilan birga namoyiş etiş, uni yerga tekkizmaslik, yaroqsiz holga kelgan nusxalarini körsatmaslik kabi talablar bayon etilgan. E’tiborli jihati şundaki, bu qoidalarning katta qismi fuqarolarda hurmat madaniyatini şakllantirişga qaratilgan tavsiyaviy xususiyatga ega. Demak, davlat ramziga ehtiromni faqat taqiq va jazo bilan emas, tuşuntiriş va ongli munosabat orqali ham mustahkamlaş mumkin.
Germaniya tajribasida esa davlat ramzlarini huquqiy muhofaza qiliş masalasi alohida örin tutadi. Mamlakat Jinoyat kodeksida Germaniya va uning hududiy birliklari bayroqlari, ranglari, gerbi hamda madhiyasini ommaviy ravişda haqoratlaş, davlat bayroğini yöq qiliş yoki şikastlaş uçun javobgarlik belgilangan. Özbekistonda ham davlat ramzlariga hurmatsizlik qiliş uçun Jinoyat kodeksining tegişli moddasida javobgarlik nazarda tutilgan. Bu borada muhim masala yangi çeklovlarni köpaytiriş emas, balki amaldagi normalarni töğri qöllaş, qasddan tahqirlaş bilan ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan holatlarni farqlaş va huquqiy tuşuntiriş işlarini kuçaytirişdan iborat.
Turli mamlakatlar tajribasi bir haqiqatni körsatadi: davlat bayroğining qadri uning qonunlarda belgilangan maqomi bilangina emas, balki jamiyat hayotida qanday e’zozlanişi bilan ham belgilanadi. Şu nuqtayi nazardan, Özbekistonda ham davlat bayroğidan foydalaniş madaniyatini rivojlantiriş, uning sifatini saqlaş va fuqarolarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan amaliy çoralarni kuçaytiriş maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda taraqqiyotning mustahkam poydevori milliy özlikni anglaş, tarixiy merosga hurmat, ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylaş va jamiyat a’zolarining umumiy maqsadlar atrofida birlaşa olişida namoyon böladi. Davlat bayroği ana şu qadriyatlarni birlaştiruvçi, keçagi tariximizni bugungi mas’uliyatimiz va ertangi maqsadlarimiz bilan boğlovçi ramz hisoblanadi. Bu sana bizni yana bir bor mustaqillikning qadriga yetiş, davlat ramzlariga munosabatimizni qayta anglaş va milliy birdamlikni mustahkamlaşga çorlaydi.
Qahramonov Temur
Öquv-tadqiqot va tahlil markazi şöba mudiri