1600 19.11.2026
Özbekistonning mustaqillik yillarida bosib ötgan milliy taraqqiyot yölini şartli ravişda ikki bosqiçga ajratiş mumkin. Birinçisi, istiqlolning dastlabki paytidan to 2017-yilga qadar bölgan milliy mustaqillikni mustahkamlaş davri.
Ikkinçisi, keyingi ön yilda Özbekistonning dunyoda öz sözi va örniga ega davlat sifatidagi mavqei mustahkamlangan, bunda nafaqat milliy davlatçilik, balki mintaqaviy va global masalalarni samarali hal etişdagi iştiroki, xalqaro ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy jarayonlardagi ta’siri kuçaygan mamlakat sifatidagi nufuzi ortgan, içki siyosatda davlat boşqaruvidan
tortib, barça soha va tarmoqlar, hududlar tub islohotlar natijasida rivojlanişning yangi bosqiçiga çiqqan, pirovardida yurtdoşlarimizning dunyoqaraşi, turmuş tutumlari, farovonligida sezilarli özgarişlar yuz bergan, bir söz bilan aytganda, milliy tiklaniş davri böldi.
Ayniqsa, sönggi yillikdagi tarixiy yangilanişlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimiz iqtisodiy barqarorlikka erişgani, bir neça ön million nufusli xalqimizning qaddi tiklangani, xalqona aytganda, kökragiga şamol tekkani alohida tahsinga sazovordir.
Darhaqiqat, bu davr ham milliy mustaqillikni mustahkamlaş, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaş, aholining farovon hayoti uçun zarur şaroit yaratiş nuqtai nazaridan, ham Özbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oşiriş borasida juda katta ahamiyatga ega bölmoqda. Birgina davlat va fuqaro munosabatlaridagi özgarişlardan qiyos. Mamlakatimizda sönggi yillarda inson qadrini yuksaltiriş davlat siyosati darajasiga kötarildi. Islohotlarning asosiy mazmuni inson manfaatlarini ta’minlaş, aholining turmuş darajasini oşiriş, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini qaror toptirişga qaratildi.
Bu borada “Inson qadri uçun” tamoyili muhim ğoyaviy va amaliy asos bölmoqda. 2023-yil 30-aprel kuni umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari, ijtimoiy himoya, sifatli ta’lim, malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş, qulay atrof-muhitda yaşaş kabi muhim huquqlar konstitutsiyaviy kafolatlar bilan mustahkamlandi. Davlat va jamiyat munosabatlarida inson manfaatlarini ustuvor qöyişga alohida e’tibor qaratildi.
“Inson qadri uçun” ezgu tamoyili yangi Özbekistondagi barça islohotlarning boş mezoniga aylanib ulgurdi. Zero, iqtisodiy taraqqiyotning asl mazmun-mohiyati, eng avvalo, uning samarasi har bir inson, har bir oila hayotida sezilişi, xalqimiz farovonligi yuksalişi, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari kengayişi hamda munosib turmuş şaroitlari yaratilişida namoyon bölişi zaruriy şartdir.
Bu davrda aholini ijtimoiy himoya qiliş tizimi takomillaştirildi. Jumladan, kam ta’minlangan oilalarni moddiy qöllab-quvvatlaş çoralari kengaytirildi, ehtiyojmand aholiga manzilli ijtimoiy yordam körsatiş tizimi rivojlantirildi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi taşkil etildi, barça tuman va şaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yölga qöyilib, mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyati taşkil etildi. Keng kölamli işlar natijasida birgina 2024-yilda 2,7 million fuqaroga ijtimoiy xizmat va yordamlar körsatildi.
Inson qadrini yuksaltirişda ta’limning örni beqiyos. Şu sababli maktabgaça ta’lim taşkilotlari tarmoği kengaytirildi, umumiy örta ta’lim sifatini oşiriş çoralari körildi, oliy ta’lim muassasalari soni va oliy ta’lim bilan qamrov imkoniyatlari oşdi. Ayniqsa, yoşlarni kasb-hunarga örgatiş va zamonaviy bilimlar berişga e’tibor kuçaytirildi. Imkoniyati çeklangan bolalar uçun inklyuziv ta’lim rivojlantirilmoqda.
Har bir fuqaroning munosib mehnat qilişi va daromad topişi uçun imkoniyat yaratiş inson qadrini ta’minlaşning muhim şartidir. Uşbu maqsadda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlari oçiş, kasb-hunarga öqitiş, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş va aholi daromadlarini köpaytirişga qaratilgan dasturlar tizimli amalga oşirilmoqda.
Jahon banki ma’lumotlariga köra, Özbekistonda milliy kambağallik darajasi 2021-yildagi 17 foizdan 2025-yilda 5,8 foizga tuşdi. Bu davrda taxminan 3,7 million aholi kambağallikdan çiqarildi. Mamlakatimizda kambağallik darajasi ayni paytda 2017-yildagi 35 foizdan 3,6 foizgaça pasaydi.
Şuningdek, aholi salomatligini muhofaza qiliş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş va uning hududlar böyiça ommabopligini
ta’minlaş borasida qator çora-tadbirlar körildi. Birlamçi tibbiy-sanitariya yordami tizimini takomillaştiriş, qişloq va çekka hududlarda tibbiy xizmat imkoniyatlarini kengaytiriş, ixtisoslaştirilgan tibbiy markazlar faoliyatini rivojlantiriş borasidagi işlar ijobiy natijasini bermoqda. Asosiysi, bu islohotlar har bir insonning puxta bilim olişi, kasb egallaşi, salomatligini muhofazalaşi va jamiyatda örnini topişiga xizmat qilmoqda.
Erişilgan natijalar bilan birga inson qadrini yanada yuksaltiriş uçun hal etilişi lozim bölgan muhim vazifalar ham mavjud. Prezidentimiz mustaqilligimizning 35 yilligiga bağişlangan tantanali bayram tadbirida ilgari surgan kelgusi taraqqiyotimizning yetti milliy dasturi ana şu böşliqni töldirişga xizmat qilişi bilan birga, şubhasiz, yangi Özbekistonning milliy yuksaliş davri sifatida tarixdan alohida joy oladi.
Joriy yil 10-noyabrda Prezidentimizning inson qadri va aholi farovonligini yuksaltiriş, ta’lim, tibbiyot va iqtisodiyotni rivojlantiriş, tabiiy resurslarni asraş, sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini mustahkamlaş, mahalla manfaatlarini ta’minlaş hamda tinçlikparvar siyosatni davom ettirişga qaratilgan yettita milliy dasturni amalga oşirişga qaratilgan farmoni qabul qilindi.
Unda bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantiriş, aholining soğlom va uzoq umr körişini ta’minlaş, yuqori texnologiya va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantiriş, suv resurslari va tabiatga munosabatni tubdan özgartiriş, sud mustaqilligini kuçaytiriş va qonun ustuvorligini ta’minlaş, mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmaçisiga aylantiriş hamda Özbekistonning tinçlik, döstlik va bağrikenglik diyori sifatidagi nufuzini yuksaltirişdan iborat maqsadlar doirasida ularni öz vaqtida va sifatli amalga oşirişga qaratilgan yönalişlar belgilab berildi.
Jumladan, farmonda milliy iqtisodiyotni rivojlantirişga qaratilgan maqsadlar doirasida iqtisodiyotga 450 milliard AQŞ dollari miqdoridagi xorijiy investitsiya jalb qiliş, yalpi içki mahsulot hajmini 300 milliard AQŞ dollariga yetkaziş, sanoatda 2 millionta yuqori daromadli iş örni yaratiş, startaplar, vençur kapital va sun’iy intellektni rivojlantirişni ustuvor yönalişga aylantiriş belgilandi.
Bundan taşqari, kiçik tadbirkorlik subyektlarini örta, örta korxonalarni esa yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylantiriş böyiça yaxlit ekotizim şakllantiriladi. Aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi içki mahsulot hajmi 10 ming AQŞ dollaridan oşiriladi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar, tuman va şahar xalq deputatlari kengaşlariga milliy dasturlar ijrosi ustidan parlament va deputatlik nazoratini amalga oşiriş tavsiya etildi.
Inson qadrini yuksaltiriş borasidagi islohotlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bevosita boğliq. Qolaversa, inson qadrini yuksaltiriş bir martalik tadbir emas, balki doimiy davom etadigan jarayondir. Buning uçun qonun ustuvorligini ta’minlaş, adolatli jamiyat barpo etiş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, ta’lim va tibbiyot sifatini oşiriş, har bir inson uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş zarur.
Ayni maqsadlarga qaratilgan yettita milliy dastur ijrosi ustidan parlament va deputatlik nazoratini örnatiş orqali biz, xalq vakillari tarixiy taraqqiyot jarayoniga öz hissamizni qöşamiz.
Qobil TURSUNOV,
Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qömitasi raisi örinbosari
“Yangi Özbekiston” gazetasining 2026-yil 18-noyabr sonidan olindi