1656 19.11.2026
Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida ilmsizlikka alohida urğu berib, “Iqtisodning ziddi isrofdur. Mol qadrini biluvçi kişilar örinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, örni kelganda sömni ayamas”, deb yozgan ekan. Bugungi raqamli platformalar (Telegram, Instagram, TikTok, YouTube)da taşkil etilayotgan “food şou” va çellenjlarni kuzata turib, Avloniy domlaning öşa “urğu”si bugun ham “dolzarb” ekaniga işonç hosil qildim.
Afsuski, foodblogerlar yoki ovqatlaniş şoxobçalari örtasida “kim özarga” uyuştirilayotgan çegirmalar, bonus va turli aksiyalar aslida giperkaloriyali ovqatlar reklamasidan boşqa narsa emas! Bundan ham yomoni ana şunday şoular orqali ahloq-odobga, madaniyat, estetika va qadriyatlarni mensimayotgan ayrim kimsalarning bunday “poy”galarga ruju qöyişlari millatni şarmanda qilişdan boşqasiga yaramayapti.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va “Our World in Data” platformasi ma’lumotlariga köra, Özbekistondagi katta yoşli aholining qariyb 64 foizdan ortiğida ortiqça vazn bor. Bu körsatkiç böyiça mamlakat MDHda birinçi örinni egallab turibdi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bunday “barqaror” semirişga asosiy sabab yuqori kaloriyali va qayta işlangan mahsulotlar iste’moli va jismoniy faollikning kamayişidir: ötirib işlaş va şaharlaşuv jarayonining ortib borişi...
Jamiyatlar, odatda, öz tanazzulini tanazzul sifatida boşdan keçirmaydi: ular avvaliga heç kim jiddiy xavf deb hisoblamagan mayda odatlar, “buning nimasi yomon?” degan beparvo munosabatlar va iqtisodiy manfaat niqobi ostida oqlanayotgan ma’naviy çekinişlar şaklida kundalik hayotga singib boradi. Muayyan hodisaning taşqi körinişi qançalik bezarar tuyulmasin, uning jamiyat tafakkurida qanday meyorni şakllantirayotgani, yoş avlod ongida nimani odatiy va nimani maqbul qilib qöyayotgani haqida savol beriş esa davlat va jamiyat uçun keçiktirib bölmaydigan vazifaga aylanadi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda ulkan laganlardagi ovqatga işora qilib, “tugatsang – bepul” kabi aksiyalar ötkazilayotgani, meyordan ortiq iste’molni rekord darajasida körsatişga qaratilgan çellenjlar ham aslida ana şu mezon bilan baholanişi zarur: masala bir insonning bir marta qança ovqat yeganida emas, balki insonning tabiiy fiziologik ehtiyoji – ovqatlaniş jarayoni qanday qilib tijoriy rağbat, raqamli algoritm va ommaviy taqlid mexanizmlari orqali spektaklga aylantirilayotganidadir.
Bu yerda bozor qonuni bilan inson tabiati mantiği örtasida prinsipial ziddiyat yuzaga keladi: organizm töyiş nuqtasiga yetganda töxtaşni talab qiladi, tijoriy kontent esa aynan şu çegaradan ötişni köproq tomoşabop, köproq daromadli va köproq körişli deb hisoblaydi. Demak, inson tanasining özini asraşga qaratilgan biologik mexanizmi bilan auditoriyani uşlab turişga qaratilgan raqamli makon manfaati bir nuqtada töqnaşganda inson salomatligi xavf ostida qoladi.
Eng taşvişlanarlisi, bunday kontentlar öz ta’sirini iştirokçining organizmi bilan çeklab qolmayapti: u tomoşabinning meyor haqidagi tasavvurini ham özgartirmoqda: inson ongi doimiy ravişda körsatilgan narsani asta-sekin odatiy narsa sifatida qabul qiliş xususiyatiga ega. Keça ğayritabiiy tuyulgan “portsiya” bugun “qiziqarli content”, ertaga “moda”, undan keyin esa ösmirlar orasida taqlid qilinadigan xatti-harakatga aylanişi mumkin. Şu tariqa tijoriy eksperiment avlodning kundalik madaniyatiga sezdirmay kirib boradi. Şu ma’noda, muammoni faqat semiriş yoki notöğri ovqatlaniş statistikasi bilan çeklaş ham kamlik qiladi. Çunki inson salomatligiga tahdid köpinça uning biologik oqibatidan ança oldin – meyorning qadriyat sifatida qadrsizlanişidan boşlanadi.
Ayniqsa, raqamli platformalarda “mukbang” (internetda tarqalgan ovqat yeyiş jarayonini kameraga olib, tomoşabinlar bilan birga onlayn tarzda körsatiş kontenti) kabi ekstremal ovqatlaniş jarayonlarining virusli kontent sifatida ommalaşib, yoşlar ongida katta portsiyalar va nosoğlom ratsionni “normal” turmuş tarzi sifatida muhrlaşga xizmat qilyapti. Pul uçun insofning çekçegarasini unutayotgan blogerlar esa bunday baçkana şoularni ijtimoiy tarmoqlarda kengroq tarqalişiga hissa qöşişyapti.
Şifokorlarning ta’kidlaşiça, meyordan ortiq va haddan taşqari yuqori kaloriyali taomlarni iste’mol qiliş oğir surunkali kasalliklarga olib keladi. Yoğlarga boy mahsulotlarni muntazam va katta hajmda iste’mol qiliş esa semiriş kasalligini keltirib çiqaradi. Bu holat ikkinçi tip qandli diabetga çaliniş xavfini oşiradi. Şuningdek, arterial gipertoniya va ateroskleroz kabi xavfli yurak-qon tomir kasalliklarining kelib çiqiş ehtimoli ham bir neça baravarga oşadi.
Xulosa şu: bugun bizni qiziqtirayotgan turli tijoriy şou-marketinglar biroz muddat ötib, bir avlodning jismoniy zaiflaşuviga olib kelişi mumkin. Dunyoning rivojlangan davlatlari bu xavfning oldini oliş uçun allaqaçon keskin va murosasiz çoralarga qöl urişgan.
Masalan, Xitoyda 2021-yili qabul qilingan “Oziq-ovqat isrofgarçiligiga qarşi kuraş töğrisida!”gi qonun doirasida ortiqça ovqatlaniş musobaqalari va bunday videolarni tarqatgan blogerlarga 15 000 AQŞ dollarigaça jarima solinadi. Şuningdek, mijozlarni isrofga undagan umumiy ovqatlaniş muassasalari 1 500 AQŞ dollarigaça, katta çiqindi hosil qilgan subyektlar esa 8 000 AQŞ dollarigaça jarima tölaşadi. Yaponiyada esa aholi vaznini davlat darajasida qat’iy nazorat qiluvçi eng samarali tizim yaratilgan. “Aholi soğliğini mustahkamlaş töğrisida”gi qonunga muvofiq, 40 dan 74 yoşgaça bölgan fuqarolarning bel aylanasini ölçaş majburiy etib belgilangan. Şuningdek, “Ovqatlaniş ta’limi töğrisida”gi qonun asosida restoran va reklamalarda taomning kaloriyasi, tuz va yoğ miqdorini körsatiş talab qilinadi.
Janubiy Koreyada ham bu borada jiddiy çeklovlar joriy etilgan: “Semirişga qarşi milliy kuraş strategiyasi” doirasida internetdagi ovqatlaniş şoulari qat’iy monitoring qilinadi. “Bolalar ovqatlaniş xavfsizligini boşqariş töğrisida”gi qonunga köra esa, soat 17:00 dan 19:00 gaça televideniye va raqamli mediada fast-fud reklamasi butunlay taqiqlangan.
Bas şunday ekan, bizda ham “Gigant portsiyalar”, “yeb tugatsang – bepul” çellenjlari va “mukbang” şoulari oddiy tijoriy aksiya emas, balki aholi salomatligiga qarşi qaratilgan oçiq tajovuz deb sanalişi kerak. Qolaversa, ovqatlanişni masxarabozlik şousiga aylantirişimiz oqibatida yoşlarning soğlom turmuş tarzi va milliy qadriyatlar çuqurroq yemirilib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda avj olayotgan bunday şoular nafaqat milliy qadriyatlarimizni, balki xalqimizning asriy turmuş madaniyatini ham oyoqosti qilmoqda.
Nihoyat, “millat genofondi” tuşunçasini balandparvoz şior sifatida emas, avlodlar salomatligining uzluksizligi nuqtai nazaridan anglaş payti keldi. Töğri, bitta “mukbang” yoki bitta çellenj genetik özgariş keltirib çiqarmaydi, ammo butun bir avlodning ovqatlaniş muhiti, jismoniy faolligi, ortiqça vazn va surunkali kasalliklar xavfi, ruhiy holati hamda salomatlik madaniyati qanday şakllanayotgani demografik va iqtisodiy salohiyatimizga qaratilgan jiddiy tahdiddir.
Asqar SULTANOV,
Xalq deputatlari Urganç şahar Kengaşi deputat