1521 19.11.2026
Bugun zöravonlikka oid ma’lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatçilikka yetkazişga şunçalar tez harakat qilinmoqdaki, bu axborotning haqqoniyligini tekşiriş u yoqda tursin, uning ortidan paydo böladigan oqibatlar ham qiziq emas. Ba’zan jabrlanuvçining şaxsiy hayotiga oid oşkor etilgan ma’lumotlar uning ruhiy jarohatlanişiga ham sabab bölmoqda. Demak, zöravonlikka qarşi kuraşişda nafaqat uning oldini oliş, balki bu mavzuni qanday yoritiş ham muhim ahamiyatga ega.
Aslida zöravonlik haqida xabar berişning özi yetarli emas. Uni qanday yoritiş, kimning manfaatini himoya qiliş, qanday söz va tasvirlardan foydalaniş ham jurnalistning kasbiy mas’uliyati hisoblanadi. Ayniqsa, raqamli media makonida tezkorlik va xolislik, jamoatçilikning axborot oliş huquqi va jabrlanuvçining şaxsiy daxlsizligi örtasidagi muvozanatni ta’minlaş dolzarb masalaga aylanmoqda.
“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi taşabbusi bilan Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi qoşidagi “Jurnalist ayollar kengaşi” hamkorligida ötkazilgan “Raqamli media davrida tazyiq va zöravonlik holatlari yoritilişida jurnalistning mas’uliyati” mavzusidagi oçiq muloqotda ham asosiy e’tibor uşbu masalalarga qaratildi.
Tadbirida partiya tomonidan OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan tazyiq va zöravonlikka oid media mahsulotlar tahlili natijalari e’lon qilindi. Muammo yeçimiga qaratilgan taşabbuslar ilgari surildi.
Jumladan, amaliy jurnalistik qöllanma yaratiş, zöravonlik holatlarini yoritiş böyiça jurnalistlar va blogerlar uçun milliy etik tavsiyalar işlab çiqiş, media monitoringni yölga qöyiş, bu borada jurnalistlar malakasini muntazam oşiriş, jabrlanuvçilar bilan muloqot qiliş madaniyati, ularning ruhiy holatini inobatga olgan holda axborot tayyorlaş, gender etikasi va axborotni tekşiriş böyiça amaliy treninglar taşkil etiş şular jumlasidandir.
Şuningdek, bu jarayonda tahririyat mas’uliyatini kuçaytiriş, zöravonlikka oid materiallarni e’lon qilişdan oldin faktlar, sarlavha, tasvir va şaxsiy ma’lumotlar daxlsizligini tekşiriş tartibini joriy etiş, deputatlik nazoratini tizimlaştiriş, mahalliy Kengaşlarda mas’ul davlat organlari va mansabdor şaxslarning axborotlarini eşitiş, qonunçilik ijrosidagi muammolarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş çoralarini nazorat qiliş ham muhimligi qayd etildi.
Oçiq muloqot yakunida bildirilgan takliflarni umumlaştiriş, jurnalistlar uçun amaliy tavsiyalar işlab çiqiş hamda partiya, Jurnalistlar uyuşmasi va fuqarolik jamiyati institutlari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.
Feruza JALILOVA