Parlamentda ikkinchi siyosiy partiya masʼuliyatini qadrlaymiz


214     28.10.2024

   "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari yuzasidan brifing o'tkazildi.

   "Saylov natijalari kutilmagan bo'ldi. O'zLiDePni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz. Biz parlamentdagi ikkinchi siyosiy partiya mas'uliyatini qadrlaymiz. Saylovchilarimizdan olingan xabar tahlil qilinadi va to'g'ri xulosa chiqariladi.

   Maqsadimiz o'zgarmaydi, O'zbekistonning qudratli, xalqimiz hayotining farovon bo'lishi uchun qadriyatlarimizga tayangan taraqqiyot yo'lida davom etamiz", – dedi Alisher Qodirov