1921 24.11.2026
Toşkent va Parkentni boğlovçi elektrlaştirilgan temir yöl qatnovi yölga qöyildi. Umumiy uzunligi 57,6 kilometrni taşkil etuvçi mazkur yönalişning muhim qismi bölgan Baytqörğon — Parkent uçastkasidagi 24 kilometrlik yangi temir yöl tarmoği qurilişi yakunlandi.
Yangi temir yöl töliq elektrlaştirilib, 24 kilometrlik kontakt tarmoği va elektr uzatiş liniyasi barpo etildi. Şuningdek, temir yöl stansiyasi, uçta köprik, yöl ötkazgiç hamda 16 ta temir yöl kesişmasi qurildi. Buning natijasida poytaxt va toğoldi hududida joylaşgan Parkent tumani örtasida şunçaki transport qatnovi emas, balki zamonaviy elektrlaştirilgan infratuzilma aloqasi şakllandi.
Mazkur loyihani amalga oşiriş Prezidentimizning 2025-yil 27-yanvardagi qarori bilan boşlangan. Davlatimiz rahbari loyiha ijrosini nafaqat tegişli hujjat bilan belgilab berdi, balki uning amalga oşirilişini doimiy e’tiborida ham saqladi. Prezidentimizning “Tumanni poytaxtga yaqinlaştiriş kerak, zero yöldagi qiyinçiliklar bartaraf etilsa, odamlar köp narsaga qodir böladi", degan fikri mazkur taşabbusning zamirida faqat transport masalasi emas, balki hududni kompleks rivojlantiriş va aholi turmuş sifatini oşiriş maqsadi turganini yaqqol ifodalaydi. Davlatimiz rahbari topşiriğiga muvofiq, temir yöl böylab joylaşgan hududlarni obodonlaştiriş masalalari ham atrofliça işlab çiqildi.
Amalga oşirilgan işlarning ahamiyatini anglaş uçun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti huzuridagi Xalqaro transport forumining (ITF/OECD) 2025-yilda e’lon qilingan "Boğlovçi yoki ajratuvçi omil? Temir yöl aloqalari, şaharlar kengayişi va transportdan foydalaniş imkoniyatlari» nomli ma’ruzasiga murojaat qiliş örinli. Unda ta’kidlanişiça, şahar atrofidagi hududlar bilan aholi ziç joylaşgan markazlar örtasidagi tezkor va işonçli transport aloqalari hududlarning transportdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, aholi harakatçanligini oşiriş, avtomobillarga qaramlikni kamaytiriş hamda uzoq muddatli hududiy rivojlanişga ijobiy ta’sir körsatişi mumkin.
Bu yondaşuvni Parkent misolida köradigan bölsak, 24 kilometrlik yangi elektrlaştirilgan temir yöl tarmoği poytaxtga boriş vaqtini qisqartiriş bilangina çeklanmaydi. U hududning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarini kengaytiradi. Eng muhimi, aholi uçun iş joyi, turar joy va tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq qarorlarni qabul qilişda yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Demak, masala faqat Toşkentga qança yölovçi qatnaşida emas, balki uşbu infratuzilma tufayli Parkent aholisining hayotida qanday ijobiy özgarişlar yuz berişidadir.
Bugun Parkent hayotidagi özgarişlar quruq şiorlarda emas, balki odamlarning kundalik turmuşida namoyon bölmoqda. Elektrlaştirilgan temir yölning işga tuşirilişi ana şunday yirik innovatsion loyihalardan biridir. Zero, aynan hududlarning öziga xos ehtiyojlaridan kelib çiqib, aholi manfaatlariga xizmat qiladigan zamonaviy infratuzilmaviy yeçimlarni amalga oşiriş — bugungi Yangi Özbekiston taraqqiyotining muhim belgisidir. Bunday taşabbuslar orqali mamlakatimizda şunçaki hududlar emas, balki har bir insonning hayot sifati va farovonligi yuksaltirilmoqda.
Ilhom ABDULLAYEV,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining
Innovatsion rivojlaniş va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi raisi