1626 24.11.2026
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Parkent tumaniga taşrif buyurib, Kumuşkondagi yangi turizm majmualari bilan tanişdi. Quriliş industriyasi va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan investor hamda tadbirkorlar bilan uçraşdi.
Ta’kidlaş lozim, sönggi yillarda turizm dunyo iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biriga aylandi. Çunki sayyohlik yalpi içki mahsulot ösişi, valyuta tuşumi, ayniqsa, aholi bandligini ta’minlaşda hal qiluvçi ahamiyatga ega bölmoqda. BMT ma’lumotiga köra, xalqaro sayyohlar oqimi 1,5 milliardli dovondan oşdi va iqtisodiyotdagi uluşi 11 trillion dollarga yetdi. Har 10 ta iş örnidan biri ham uşbu sohaga tegişli. Bu 350 milliondan ortiq inson bu sohada band degani.
Turizm Özbekistonda ham iqtisodiyotning strategik tarmoğiga aylandi. Sönggi ön yilda soha rivoji böyiça qabul qilingan 80 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida amalga oşirilayotgan işlar turizm biznesini rivojlantirdi, vizasiz rejimni kengaytirdi, sayyohlarning erkin harakatlanişini ta’minladi. Natijada 2016-yilda ikki million atrofidagi sayyoh yurtimizga kelgan bölsa, bu raqam joriy yilning ötgan 10 oyida 12 millionga yaqinlaşdi. Yil yakunida 15 milliondan ortişi kutilmoqda. Mamlakatimizda ayni paytda turizm va unga tutaş sohalarda 400 mingdan ortiq kişi faoliyat yuritmoqda.
Ekspertlar mamlakatimiz sayyohlik sohasini ikkita muhim davrga bölişadi. Birinçisi, 2017 — 2019-yillarga töğri keladi va bu Yangi Özbekistonda barça sohalarda tub islohotlar boşlanib, çeklovlarning bekor qilingani, ayniqsa, qöşni davlatlar örtasida çegara muammolari yeçilib, qardoşlik riştalarining tiklangani bilan boğliq. Natijada mintaqa davlatlaridan kelayotgan sayyohlar soni keskin oşdi va bugun ham aksariyat turistlar qöşnilar hissasiga töğri keladi. Albatta, turizm infratuzilmasi tubdan yaxşilangani ham bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şuningdek, 2018-yildan boşlab önlab davlatlar fuqarolari uçun vizasiz rejim yoki elektron viza joriy etilgani ham muhim natijalarga asos bölmoqda. Hozirda ikki tomonlama vizasiz bordi-keldini yölga qöyilgan va viza oliş yengillaştirilgan davlatlar soni 100 taga yaqinlaşdi.
Ikkinçi davr — 2025-yildan boşlangan, deya ta’kidlanadi. Bu “Özbekiston – 2030” strategiyasi hamda Prezidentimizning soha rivojida yangi davrni boşlab bergan tegişli Farmon hamda qaror ijrosi bilan boğliq. Xususan, turistlar sonini 2030-yilga borib 20 million nafarga yetkaziş, vizasiz rejimni yanada kengaytiriş, mavsumiylikdan voz keçib, yil davomida barqaror turistik oqimni ta’minlaş, yangi yönalişlar oçiş, hududiy xalqalar yaratiş, içki turizmni rağbatlantiriş hamda investitsiya va xizmatlar sifatini oşiriş navbatdagi eng asosiy maqsadlar sifatida belgilandi. Parkent uçraşuvi ham uşbu vazifalar ijrosi doirasida ötkazilgan muhim tadbirlardan biridir.
Davlatimiz rahbari dastlab Kumuşkondagi “Silver Valley” oilaviy dam oliş majmuasi bilan tanişdi. 29,5 gektar maydonda joylaşgan uşbu loyiha qiymati 148,5 milliard sömni taşkil etadi va 200 ta iş örni yaratadi. Majmua töliq işga tuşgaç, kuniga 2,7 ming nafargaça mehmonni qabul qiliş imkoniyatiga ega böladi. Qariyb 700 milliard söm investitsiya yönaltirilgan “Oltin bel” sayyohlik majmuasi esa töliq işga tuşgaç 600 ta yangi iş örni yaratadi. Kuniga 6 ming nafargaça taşrif buyuruvçiga xizmat körsatiş imkoniyati paydo bölib, yillik daromad 200 milliard sömga yetişi kutilmoqda.
Parkentda investor hamda tadbirkorlar bilan uçraşgan Prezident quriliş materiallari sanoatida erişilgan natijalar, eksport imkoniyatlari muhokamasidan söng turizm masalalariga e’tibor qaratdi. Endi bu sohada xizmat körsatiş sifati, turistlarning yurtimizda köproq qolişi ustuvor vazifaga aylanişi ma’lum qilindi va şu maqsadda yangi vazifalar belgilandi. Ilgari hududlarning eng qulay va sölim joylaridan 1 ming 200 gektar yer zaxira qilingan bölsa, endi qöşimça 5 ming gektar maydon turizm loyihalariga tayyorlanadi. Joriy yilning özida turizm infratuzilmasi uçun 2 trillion söm yönaltirildi.
Uçraşuvda hududlarda havo turizmi va kiçik aviatsiya xizmatlarini rivojlantiriş, turistik manzillarga transport qatnovlarini sayyohlar ehtiyojidan kelib çiqib taşkil etiş, içki va taşqi aviareyslar qatnovini köpaytiriş hamda köçma savdoni kengaytiriş böyiça ham yangi vazifalar belgilandi.
Albatta, mamlakatimizda sayyohlik rivoji bu nafaqat iqtisodiy körsatkiçlar ösişi, balki hududlar obodligi, oilalar farovonligi va minglab yurtdoşlarimizning munosib iş örniga ega bölişi demakdir. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, kadrlar malakasini oşiriş hamda milliy turistik brendni xalqaro bozorlarda keng tarğib etiş Özbekistonni nafaqat mintaqaning, balki dunyoning yetakçi turizm markazlaridan biriga aylantirişga xizmat qiladi.
Gözal SAMIEVA,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati