1594 24.11.2026
Jizzax viloyat Kengaşi tomonidan yoşlar örtasida mutolaani keng tarğib etiş, ma’naviy va intellektual salohiyatni rivojlantiriş maqsadida uşbu mavzuda tadbir taşkil etildi.
Axborot-kutubxona markazida ötkazilgan tadbirda ta’kidlanganidek, kitob insonning nafaqat bilim va dunyoqaraşini boyitadi, balki unda mustaqil fikrlaş, voqea-hodisalarga xolis baho beriş, hayotiy jarayonlarni teran anglaş hamda yuksak ma’naviy fazilatlarni şakllantirişga xizmat qiladi. Zero, kitobxonlik şunçaki bilim oliş vositasi emas, balki milliy özlikni anglaş, ma’naviy barkamollikka erişişning muhim omilidir.