1600 26.11.2026
- Prezidentimizning nabirasiga yöllagan maktubini öqirkanman, bir neça bor töxtab, undagi fikrlar ustida muşohada qildim. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining farzandlarimiz iqtidorini öz vaqtida uyğotiş, uni avaylab parvarişlaş haqidagi mulohazalari ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan inson sifatida menga çuqur ta’sir qildi.
Maktubdagi samimiy bobolik mehri, albatta, har qanday insonni tölqinlantiradi. Biroq men unda yana bir muhim jihatni kördim: nabirasiga murojaat qilayotgan bobo timsolida yoş avlodning intellektual kamoloti haqida qayğurayotgan davlat rahbarining orzu-intilişlari ham namoyon böladi.
Prezidentimiz maktubda buyuk ajdodlarimiz - Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy, Mahmudxöja Behbudiy singari uluğ zotlarimizni yodga oladi. Bu nomlarning tilga olinişi şunçaki tarixiy xotira yoki milliy iftixor ifodasi emas. Ularning hayoti va ilmiy- ma’naviy merosi orqali bugungi avlodning imkoniyatlariga işonç bildirilmoqda. Zero, buyuk allomalarni voyaga yetkazgan zaminda bugun ham ulkan iste’dod sohiblari tuğilmoqda. Masala ularni öz vaqtida kaşf etiş, qobiliyatiga munosib yöl oçiş va kamol topişi uçun zarur muhitni yaratişdadir.
Maktubdagi “Faqatgina bu farzandlarimizning iqtidorini vaqtida uyğotib, parvarişlay olsak bas” degan sözlar men uçun alohida ahamiyat kasb etdi. Darhaqiqat, iqtidor - bebaho ne’mat. Ammo uning özi yetarli emas. Iste’dod e’tibor, mehnat, töğri yönaliş va munosib şaroit bilan rivojlanadi. Ba’zan çekka qişloqdagi oddiy oila farzandida ulkan olim, kaşfiyotçi yoki ijodkorlik salohiyati yaşiringan böladi. Agar uning qobiliyati öz vaqtida payqalmasa, bu faqat bir bolaning emas, butun jamiyatning boy berilgan imkoniyatiga aylanişi mumkin.
Şu ma’noda, Prezidentimizning iqtidorni parvarişlaşni boğbon mehnatiga qiyoslaşi nihoyatda hayotiy. Boğbon niholning ertangi mevasini öylab, yillar davomida mehnat qiladi. Ta’lim-tarbiya ham xuddi şunday sabr, izçillik va fidoyilikni talab etadigan jarayondir.
Bugun biz universitetlarda iste’dodli yoşlar bilan işlaş, ularning ilmiy izlanişlarini qöllab- quvvatlaş, xalqaro ta’lim va tadqiqot muhitiga kirib borişiga kömaklaşiş masalalariga alohida e’tibor qaratişimiz zarur. Ammo bu jarayon oliy ta’lim bosqiçidan boşlanmasligi kerak. Iqtidorni kaşf etiş bolalikdan, hatto maktabgaça ta’lim davridan boşlanadi.
Yana bir muhim jihat - zamonaviy bilimlarni egallaş madaniyati. Prezidentimiz maktubda gadjetlar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalaniş, biroq ularga qaram bölib qolmaslik haqida nasihat qiladi. Bu fikr bugungi ta’lim tizimi uçun ğoyat dolzarb. Çunki sun’iy intellekt insonning bilim oliş, izlaniş va ijod bilan şuğullaniş imkoniyatlarini kengaytirayotgan bölsa-da, u mustaqil tafakkurning örnini bosmasligi kerak. Tayyor javobni topiş bilan masalaning mohiyatini anglaş, ma’lumotni takrorlaş bilan yangi ğoya yaratiş örtasida katta farq bor. Biz yoşlarga faqat zamonaviy texnologiyalardan foydalanişni emas, balki savol qöyişni, şubha qilişni, tahlil etişni, dalillar asosida xulosa çiqarişni ham örgatişimiz lozim.
Şu örinda özimizga savol berişimiz kerak: biz, olimlar, professor-öqituvçilar, ziyolilar yoşlarning iqtidoriga munosib e’tibor qaratyapmizmi? Ularni yangilik yaratişga ruhlantiryapmizmi? Prezidentimizning maktubi men uçun ana şu mas’uliyatni yana bir bor teran his etişga turtki böldi. Bugun bir bolaning qalbida ilmga muhabbat uyğota olsak, ertaga uning kaşfiyoti butun millatga xizmat qilişi mumkin. Bir yoşning iste’dodini asrab qolsak, kelajakning buyuk olimi yoki mutafakkiriga yöl oçgan bölamiz. Demak, farzandlarimiz iqtidorini parvarişlaş - faqat ta’lim sohasining vazifasi emas. Bu davlat, oila, maktab, oliygoh va butun jamiyatning kelajak oldidagi muştarak burçidir.
Rustam XOLMURODOV,
Samarqand davlat universiteti rektori,
Özbekiston Respublikasi fan arbobi,
Oliy Majlis Senati a’zosi
“Xalq sözi” gazetasining 2026-yil 25-noyabr sonidan olindi