Ayol har qanday joyda özini xavfsiz his etişi kerak


1699     26.11.2026

Jamiyat taraqqiyotini faqat iqtisodiy körsatkiçlar yoki bunyodkorlik işlari bilan baholab bölmaydi. Uning haqiqiy qiyofasi, avvalo, inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklari qay darajada ta’minlangani, oilalarda tinçlik va osoyiştalik hukm surayotgani bilan ham belgilanadi. Şu ma’noda, xotin-qizlar va bolalar xavfsizligini ta’minlaş har qanday taraqqiy etgan jamiyatning muhim mezoni hisoblanadi.

Afsuski, oilaviy zöravonlik, tazyiq, majburiy nikoh, voyaga yetmaganlarga nisbatan tajovuzlar, şuningdek, internet orqali sodir etilayotgan tahdid va ta’qiblar hamon dolzarb muammoligiça qolmoqda. Bunday holatlarni oilaning içki işi sifatida baholaş yoki sukut bilan çetlab ötiş mumkin emas. Zöravonlik inson huquqlariga tajovuz, oilaviy muhitga putur yetkazuvçi va jamiyat barqarorligiga xavf soluvçi illatdir.

Şu nuqtayi nazardan, Prezidentning “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça qöşimça taşkiliy-huquqiy çoralar töğrisida”gi Farmoni hamda “Tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan şaxslarga ijtimoiy xizmatlar körsatiş tizimi yanada takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida” qabul qilingan Qonun xotin-qizlar va bolalarni himoya qiliş tizimini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan muhim huquqiy qadam böldi. Uşbu hujjatlarning ahamiyati şundaki, ular zöravonlik sodir etilganidan keyin munosabat bildiriş bilangina çeklanmay, jabrlanuvçini himoya qiliş, uning hayotini qayta tiklaş va huquqbuzarliklarning oldini oliş mexanizmlarini ham kuçaytiradi.

Jumladan, Qonun bilan tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan ayollar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarini maxsus markazlarga olti oygaça joylaştiriş imkoniyati belgilandi. Eng muhimi, jabrlanuvçiga faqat vaqtinçalik boşpana emas, balki huquqiy va ijtimoiy kömak orqali mustaqil hayotga qaytiş imkoniyati yaratildi.

Qonunda jabrlangan xotin-qizlarga aliment undiriş, nikohdan ajratiş, mol-mulkni böliş, bolalarning yaşaş joyini belgilaş, işga tiklaş kabi masalalarda davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş kafolatlari ham nazarda tutilgan. Bu juda muhim, çunki köpinça ayolning zöravonlik muhitidan çiqib ketişiga nafaqat ruhiy bosim, balki iqtisodiy qaramlik va huquqiy imkoniyatlarning çeklanganligi ham tösqinlik qiladi. Demak, himoya tizimi jabrlanuvçining xavfsizligini ta’minlaş bilan birga, uning mustaqil qaror qabul qiliş imkoniyatini ham tiklaşi lozim.

Prezident Farmonida esa xavfning oldini oliş va tezkor yordam körsatiş mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, himoya orderi berilgan ayollarning roziligi bilan telefonlariga “my.ihma.uz” mobil ilovasining “SOS” funksiyasini örnatiş közda tutilgan. Bu xavf tuğilgan vaziyatda tezkor yordam söraş imkonini beradi.

Xotin-qizlarni himoya qiliş masalasini milliy qadriyatlarimizdan ayro tasavvur etib bölmaydi. Xalqimiz ma’naviy merosida ayolga ehtirom, onaga hurmat, oilaga sadoqat va farzand tarbiyasiga mas’uliyat azaliy qadriyatlar hisoblanadi. Biroq milliylikni zöravonlikka köz yumiş yoki ayolning huquqlarini ikkinçi öringa suriş bilan adaştirmaslik kerak. Haqiqiy qadriyat inson şa’nini uluğlaş, mehr-oqibat va adolat tamoyillariga amal qilişda namoyon böladi.

Erta nikohlarning oldini oliş, qizlarning ta’lim olişi va öz kelajagini mustaqil belgilaşi uçun şaroit yaratişga qaratilgan çoralar ham aynan şu maqsadga xizmat qiladi. Zero, qiz bolaning ta’limdan uzilişi yoki erta oilaviy mas’uliyat yuklanişi uning kelajakdagi imkoniyatlarini çeklaşi mumkin. Şu bois, yoş avlodning huquq va manfaatlarini himoya qiliş oilaning ham, jamiyatning ham kelajagiga daxldor masaladir.

Albatta, eng mukammal qonun ham uning ijrosi ta’minlanmasa, kutilgan natijani bermaydi. Şu sababli xotin-qizlar xavfsizligini ta’minlaş faqat davlat organlarining vazifasi bölib qolmasligi kerak. Mahalla, ta’lim va tibbiyot muassasalari, jamoatçilik vakillari, nodavlat taşkilotlar hamda siyosiy partiyalar bu borada hamjihatlikda iş olib borişi zarur.

Jumladan, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi ham inson qadri, oila mustahkamligi va milliy qadriyatlarga sodiqlik tamoyillaridan kelib çiqib, mazkur islohotlarni keng tarğib etiş, mahalla va ta’lim muassasalarida huquqiy madaniyatni oşiriş, deputatlik nazorati orqali qonunçilik ijrosiga kömaklaşişni muhim vazifalaridan biri deb biladi.

Xulosa şuki, xotin-qizlarni zöravonlikdan himoya qiliş şunçaki ijtimoiy yönalişdagi vazifa emas. Bu oilaning mustahkamligi, farzandlar kelajagi va jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita boğliq masaladir. Ayol öz uyida ham, jamoat joyida ham özini xavfsiz his qilişi, uning huquqi va şa’ni heç qanday şaroitda kamsitilmasligi kerak. Buning uçun qonuniy kafolatlar amaliy himoyaga, jamoatçilikning munosabati esa kundalik mas’uliyatga aylanişi şart. Zero, xotin-qizlari himoyalangan, oilalarida özaro hurmat va işonç qaror topgan jamiyatgina mustahkam taraqqiyotga erişa oladi.

 

Ruxşona QUDRATULLAYEVA,
partiyaning Toşkent şahar Kengaşi boş mutaxassisi