Yangiliklar


445   31-01-2022

700 mln so‘m qayerga gumdon qilindi?

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Yakkasaroy tuman Kengashidagi deputati Laziz Hasanov saylovchilari bilan uchrashib, muammolarini eshitdi. Mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishdi fuqarolar “Qushterak” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati ishidan norozi ekanini bildirdilar.

Fuqarolarning bildirishicha, shirkat ko‘pqavatli uylardagi sharoitlarni yaxshilash maqsadida 700 mln so‘m kredit olganiga ancha vaqt bo‘ldi va bugun bu kredit foizi bilan 1 mlrd so‘mga aylandi. Kommunal xizmat haqi ham vaqtida to‘lanyapti.

Ammo kemiruvchilar sabab “dom”larning yerto‘lasiga kirib bo‘lmaydi, kanalizatsiya tizimi talab darajasida ishlamayapti. Uylarning tomi, zina va yo‘laklar taʼmirtalab, liftlar nosoz, elektr simlari yaroqsiz. Kredit nima maqsadda olinganu qayerga sarflangan? Kamiga shirkat rahbarini ish joyidan hech topib bo‘lmayapti.

Masʼullar tomonidan shirkat rahbariga tezda shirkat faoliyat hamda olingan kreditning qayerga sarflangani haqida to‘liq hisobot tayyorlash vazifasi topshirildi. Mazkur masalani deputat o‘z nazoratiga oladigan bo‘ldi.