Yangiliklar


208

22 nafar ishsizning bandligi taʼminlandi

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Toshloq tuman Kengashi deputati Ziyodaxon Halilova tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi tashkil qilindi. 

Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yarmarkada 22 nafari ishsizning doimiy bandligi taʼminlandi. O‘nga yaqin fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit ajratilishi belgilandi.

– Ilgari nomiga, hisobot uchun o‘tkaziladigan mehnat yarmarkalari haqida eshitardi. Lekin bugun undan emas.  Yarmarkaga haqiqiy maʼnoda ish qidiruvchi tashkilotlar va ishga muhtojlarni taklif qildik. Natijasiga ham shunga yarasha bo‘ldi, – dedi deputat Z.Halilova.