Yangiliklar


434   03-02-2022

Deputat eshikni qattiqroq taqillatishga majbur bo‘ldi

To‘raqo‘rg‘on tumani Dasht mahallasining  Xaqnazarov ko‘chasida yashovchi aholining nihoyat ichimlik suvi bilan bog‘liq muammosi hal qilindi.  

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining  To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashidagi deputati Nosirjon Qozoqov aholi murojaatidan so‘ng ushbu masalani joyiga chiqib o‘rgandi va tegishli idora eshigini taqillatdi.

Eshik bu safar avvalgilariga qaraganda qattiqroq taqilladi chog‘i, tez orada amaliy ishlar boshlandi. 45 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida bir kilometr uzunlikda yelim quvur tortildi. Ayni paytda aholini tezroq suv bilan taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

Odamlar esa o‘nlab murojaatlarga qaramay, yillar davomida eʼtibor qaratilmagan muammosi deputatning bir “tahdidi” bilan hal bo‘lganidan xursand.   

– Hali bu qishloqda qiladigan ishlar ko‘p, – deydi deputat. – Ko‘chalarga asfalt yotqizish kerak, elektr taʼminotida ham muammolar bor.