Yangiliklar


416   04-02-2022

“Qizil”dan "yashil hudud" sari yo‘l

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Kitob tuman Kengashidagi deputati Gulandom Sattorova Makrid mahallasini "yashil hudud"ga aylantirmoqchi.

Deputat shu maqsadda tumandagi masʼul idoralar rahbarlarini ushbu mahallaga jalb qilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi va unda mahallada jinoyatchilik, ajrim, ishsizlik kabi salbiy ko‘rsatkichlarni kamaytirish bilan bog‘liq masalalar keng muhokama qilindi. Bu borada aholining takliflari, fikr-mulohazalari eshitildi. 

Ochiq muloqot yakunida yoshlar maʼnaviyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadigan har qanday tahdidlarga qarshi qaratilgan tizimli tashviqot ishlarini olib borish maqsadida ishlab chiqilgan aniq maqsadli va manzilli “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

– Bunday uchrashuvlar yil davomida o‘tkaziladi va bu orqali mahalla muammolari hal qilinib, Makrid mahallasini tez orada "qizil hudud"dan chiqaramiz, – dedi deputat G.Sattorova.