Yangiliklar


525   07-02-2022

Oson emas bu maydon ichra turmoq

Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida sheʼriyat mulkining sultoni, mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda Navoiy asarlarida ulug‘langan insoniy fazilatlar, ulug‘ alloma qoldirgan merosning bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Viloyat maqom ansambli tomonidan Alisher Navoiy g‘azallari bilan aytiladigan kuy va qo‘shiqlar, ijod maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan o‘qilgan g‘azal va ruboiylar tadbirga yanada o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.