267 11.12.2024
Yurtimizda qurilishlar sonining ortishidan paydo bo‘layotgan chang xalqaro normadan 10 barobar yuqori bo‘lyapti. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 kv.m.lik ochiq qurilish maydonidan yiliga o‘rtacha 50 tonna chang ko‘tariladi.
Biroq qonunchilikda bunday harakatlar uchun aniq javobgarlik belgilanmagan. Shu bois, bu bo'yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmagan mansabdorga jarima belgilash taklif etilyapti.
Deputatlar chang aholi sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkazayotganidan kelib chiqib, qonun loyihasini birinchi o‘qishda tasdiqladilar.
Maʼlumot uchun: yurtimizda oxirgi ikki yilda yurak va qon-tomir kasalligi 13%, nafas yo‘llari kasalliklari esa 9 foizga ko‘paygan.